2020 yilning eng yaxshi universitetlari e’lon qilindi

2020 yilning eng yaxshi universitetlari e’lon qilindi

The World University Rankings dunyoning eng yaxshi universitetlari yillik reytingini taqdim etdi. Bu yil reytingda 92 ta davlatdan 1400 dan ziyod universitetlar qatnashdi. Birinchi uchtalikdan Oksford, Kaliforniya texnologiya va Kembrij universitetlari o‘rin oldi.

Universitetlar 13 ta ko‘rsatkich, jumladan, baholash mezoni o‘qitish samaradorligi, tadqiqotlar o‘tkazish va boshqalar bo‘yicha baholandi.

2020 yilning eng yaxshi universitetlar o‘ntaligi:

Oliy ta’lim mussasi Talabalar soni Xalqaro talabalar ulushi, foizda Ayollar va erkaklar nisbati
1 Oksford universiteti (Buyuk Britaniya) 20664 41 46:54
2 Kaliforniya texnologiya universiteti (AQSh) 2240 30 34:66
3 Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya) 18978 37 47:53
4 Stenford universiteti (AQSh) 16135 23 43:57
5 Massachusets texnologiya instituti (AQSh) 11247 34 39:61
6 Prinston universiteti (AQSh) 7983 25 45:55
7 Garvard universiteti (AQSh) 20823 24 49:51
8 Yel universiteti (AQSh) 12402 20 50:50
9 Chikago universiteti (AQSh) 13833 28 46:54
10 London imperiya kolleji (Buyuk Britaniya) 16740 56 38:62

MDH davlatlari orasida reytingga Rossiyaning 25 ta, Ukrainaning 6 ta, Qozog‘istonning 2 ta va Gruziyaning bitta universiteti kirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!