2019 yilda milliarderlar soni rekord darajaga yetdi

2019 yilda milliarderlar soni rekord darajaga yetdi

Kompaniya e’lon qilgan milliarderlar ro‘yxatiga ko‘ra, dunyoning eng boy odamlarining umumiy boyligi yil davomida 10,3 foizga o‘sib, 9,4 trln dollarga yetgan. 2018 yilda esa, aksincha, milliarderlar soni 5,4 foizga, ularning umumiy boyligi esa 7 foizga kamaygan.

2019 yilda milliarder soni bo‘yicha avvalgi yillardagi kabi AQSh (788 kishi) va Xitoy (342) yetakchi bo‘lgan. Shimoliy Amerikada hammasi bo‘lib 834 milliarder (2018 yilga nisbatan 11 foiz ko‘proq), Osiyoda esa 758 milliarder (2018 yilga nisbatan 12 foiz ko‘proq) borligi qayd qilingan.

Eng ko‘p milliarderlar yashovchi davlatlar qatoridan, shuningdek, Hongkong, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Fransiya, Italiya, Braziliya, BAA, Kanada va Singapur ham o‘rin olgan.

Shaharlar bo‘yicha qaraladigan bo‘lsa, milliarderlarning ko‘pligi bo‘yicha Nyu-York yetakchilik qilmoqda. Bu yerda 113 milliarder yashamoqda. 2-o‘rinni 96 milliarder bilan Hongkong va 3-o‘rinni 77 milliarder bilan San-Fransisko egallagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!