2 o‘yin, 2 g‘alaba. Maqsadga erishdik — Ronaldu

2 o‘yin, 2 g‘alaba. Maqsadga erishdik — Ronaldu

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi uchun "Evro-2024" saralashi yaxshi boshlanganligi haqida gapirdi.

Evropa chempionati saralashining dastlabki ikki bosqichida Portugaliya terma jamoasi Lixtenshteyn va Lyuksemburg ustidan g‘alaba qozondi. Bu uchrashuvlarning har birida Ronaldu ikkitadan gol urdi.

"2 o‘yin, 2 g‘alaba. Maqsadga erishdik. Mazkur ijobiy startga hissa qo‘shganimdan xursandman. Faqat oldinga", - deya yozdi hujumchi Twitterda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!