2 mlrd. so‘mdan ortiq tamaki mahsulotlarining kontrabandasiga chek qo‘yildi

 2 mlrd. so‘mdan ortiq tamaki mahsulotlarining kontrabandasiga chek qo‘yildi

Respublikamiz bojxonachilar tomonidan tamaki mahsulotlarini noqonuniy tarzda yurtimizga olib kirish va uning yurtimiz hududida aylanuvini oldini olishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Toshkentda bojxonachilar tomonidan yirik miqdordagi tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Axborot xizmati xabar berdi.

Toshkent bojxona boshqarmasi Kontrabandaga karshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tungi soat 21-00. Tezkor kuzatuvga olingan fuqaro boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasi “Sirdaryo” yo‘l patrul maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Natijada, transport vasitasining yukxonasida yuklar orasiga 2 turdagi 4 ming 390 quti tamaki mahsulotlari mohirlik bilan yashirilgani fosh bo‘ldi.

Xorijda ishlab chiqarilgan, ammo aksiz markasi hamda raqamli kod markirovkalari bilan markalanmagan mazkur tamaki mahsulotlarining umumiy qiymati 91 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida poytaxt bojxonachilari tomonidan 16 ta holatda qiymati 2 mlrd. 266 mln. so‘mlik 147 000 quti tamaki vositalarining noqonuniy aylanuviga chek qo‘yilgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!