1991 yildan oldin qurilgan ko‘p qavatli uylarning fasadiga bazalt qoplab chiqiladi

1991 yildan oldin qurilgan ko‘p qavatli uylarning fasadiga bazalt qoplab chiqiladi

Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida qattiq sovuq sharoitida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga:

— Ikki oyda 31 mingta uyning fasad qismini bazalt qoplamaga o‘tkazish hamda muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda issiq suv va elektr bilan ta’minlash bo‘yicha loyihani ishlab chiqish;

— Yangi quriladigan ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha ob’ektlarining loyiha-smeta hujjatlariga energiya samaradorlik darajasi yuqori bo‘lgan qurilish materiallaridan foydalanishni majburiy qilish vazifasi qo‘yildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!