19 860 kilo olma qayerda? Chustda antiqa firibgarga hukm o‘qildi

19 860 kilo olma qayerda? Chustda antiqa firibgarga hukm o‘qildi

Jinoyat kodeksining 168-moddasida firibgarlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib, firibgarlik ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritishda ifodalanadi.

Chust tumanida endigina 25 yoshni qarshilagan sudlanuvchi A.Turg‘unov (shaxsi shartli) o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida Chust tumani “Ozod” MFYda yashovchi Inom Muradovning ishonchiga kirib, unga tegishli bo‘lgan “iPhone 13” rusumli telefon apparatini 800 AQSh dollariga hamda “LG Q51” rusumli telefon apparatini 100 AQSh dollariga sotib olib, pullarini bir oydan keyin berishini aytib aldab, uning “iPhone 13” va “LG Q51” rusumli telefon apparatini;

takroran, Chust tumani “Ozod” MFYda yashovchi karim Nabiyevning ishonchiga kirib, unga kredit chiqarib berishini aytib aldab, uning 1.000.000 miqdordagi pullarini qo‘lga kiritgan.

Buni qarangki, antiqa firibgar A. Turg‘unov takroran, Chust tumani “Sherbilak” MFYda yashovchi Xasan Sharipovning ishonchiga kirib, undan 5349 kg olma mahsulotlarini 16.047.000 so‘mga sotib olib, pulini bir oyda berishini aytib aldab, uning 16.047.000 so‘mlik 5349 kg olma mahsulotlarini;

takroran, Chust tumani “Damobod” MFYda yashovchi Ozod Sherovning ishonchiga kirib, undan 14511 kg olma mahsulotlarini 40.630.000 so‘mga sotib olib, pulini bir oyda berishini aytib aldab, uning ancha miqdordagi 40.630.000 so‘mlik 14511 kg olma mahsulotlarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Sud sudlanuvchi, jabrlanuvchi, qonuniy vakil va guvohlarning ko‘rsatuvlarini, taraflarning muzokara so‘zlarini tinglab, jinoyat ishida to‘plangan dalillarni sud majlisida sinchkovlik bilan, to‘la, har tomonlama va xolisona tekshirib, sudlanuvchining muzokara, himoya va oxirgi so‘zlarini eshitib, muhokama qilib, unga nisbatan jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyat bo‘yicha aybiga iqrorligini, qilmishidan pushaymonligini, muqaddam sudlanmaganligini inobatga olib, unga nisbatan u ayblanayotgan moddalar sanksiyasida ko‘rsatilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Jahongir Yakubxo‘jayev

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tuman sudi raisi,

Mirzoxid Hayitov

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tuman sudi sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!