17 soatlik parvoz. Singapore Airlines dunyodagi eng uzun to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni amalga oshirdi

17 soatlik parvoz. Singapore Airlines dunyodagi eng uzun to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni amalga oshirdi

Singapore Airlines kompaniyasi samolyoti dunyodagi eng uzun to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozni amalga oshirdi. Samolyot Singapurdan Nyu-Yorkka 16700 kilometr masofani bosib o‘tib, 17 soat va 25 daqiqa havoda parvoz qildi.

Singapore Airlines’ning Singapurdan Nyu-Yorkka to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslari Airbus A350 samolyotlarida Ultra Long Range yangilangan modifikasiyasida amalga oshirildi. Bitta shunday layner 161 yo‘lovchini olib o‘tishi mumkin. Bundan tashqari, bortda ekipajning kengaytirilgan tarkibi bo‘ladi: ikki uchuvchi va 13 styuard.

Bu dunyodagi eng uzun qo‘nishsiz tijorat reysiga aylandi - uning uzunligi 16 700 kilometrni tashkil etdi, bu ekvator yarmidan biroz kamroq. Shu bilan birga, yo‘lovchilar havoda 17 soat va 25 daqiqa bo‘lishgan.

Aviakompaniyadan bildirishlaricha, layner uzoq masofalarga qulay parvoz uchun barcha qulayliklarga ega. Salonda yuqori shiftlar, murakkab nurdiodli yoritish, vertikal yon shkafchalar va shovqinning past darajasi bor. Shuningdek, mingtadan ziyod filmga ega videoteka mavjud.

Aviachiptaning narxiga, uch martalik ovqatdan tashqari, 30 megabayt miqdoridagi bepul internet to‘plami kiradi. 

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!