1697 nafar o‘qituvchi 9 oy davomida Vazir jamg‘armasidan 5 million so‘m miqdorida qo‘shimcha ustama oladi

1697 nafar o‘qituvchi 9 oy davomida Vazir jamg‘armasidan 5 million so‘m miqdorida qo‘shimcha ustama oladi

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan, o‘z ustida doimiy ishlaydigan, o‘zining o‘qitish uslubiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazir jamg‘armasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagoglarni saralash jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bir necha bosqichda o‘tkazilgan sinovlarda “Boshlang‘ich ta’lim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yo‘nalishlarida nomzodlarning dars beradigan umumta’lim fani bo‘yicha bilim darajasi baholab borildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan 5000 dan ortiq nomzoddan 1697 nafari Vazir jamg‘armasidan to‘lanadigan ustama olish huquqiga ega bo‘lishdi.

Mazkur o‘qituvchilar endilikda 9 oy davomida (2023 yil aprel-dekabr oylari) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (5 mln so‘m) har oylik ustama olishadi.

Vazir jamg‘armasidan har oylik ustama olish uchun o‘tkaziladigan navbatdagi sinov jarayonlari haqida vazirlik rasmiy axborot manbalari orqali xabar beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!