11 oktyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
“O‘zgidromet” 11 oktyabr, juma kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 23-25 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekund gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.