11 milliondan oshiq odamning musulmon bo‘lishiga sababchi bo‘lgan shifokor

11 milliondan oshiq odamning musulmon bo‘lishiga sababchi bo‘lgan shifokor

Abdurrahmon Sumaytni taniysizmi?! Bu odam insoniyatning eng buyuk shaxslaridan biridir! Bu insonning qilgan xayrli ishlarining hisobini yolg‘iz Alloh biladi. 

11 milliondan ortiq odam Afrikada sharofati ila musulmon bo‘lgan. 

6 million nusxa Qur’oni Karimni yangi musulmonlarga tarqatgan. 

95000 ga yaqin artizan qudug‘i qazdirgan (Afrika bo‘ylab). 

95000 tolibi ilmni maosh bilan taminlagan. 

15000 yetimni o‘z qaramog‘iga olgan. 

5700 ga yaqin masjid bino qilgan. 

860 madrasa qurdirgan. 

840 ta qorixona barpo qilgan. 

204 ta islomiy markaz ochgan. 

124 ta shifoxona, tibbiy markaz qurgan. 

40 ga yaqin davlatda iftorliklar uyushtirib, millionlab ro‘zadorlarga xizmat ko‘rsatgan. 

4 ta universitet ochgan. 

Bilasizmi bu odam kim?

U kuvaytlik shayx Abdurrahmon Sumayt (1947 — 2013). Alloh u kishining xayrli amallarini o‘ziga hamroh qilsin!

Hazrat Abdurrahmon bolaliklarida bosiq, shijoatli, a’lochi o‘quvchilardan bo‘lganliklarini onalari aytganlar. Olti yoshdan masjidga chiqqanlar. Doim qo‘llarida tayoq bo‘lgan. Xuddi o‘zlarini Afrika junglilarida yurgandek his etganlar. Bolaliklarida Payg‘ambar alayhissalom va sahobalarning qahramonliklari haqida hikoyalar ko‘p eshitganlar. Bag‘dod, Liverpul universitetlarini tamomlab, tropik kasalliklar bo‘yicha shifokor bo‘lganlar. 

1981 yilda turmush o‘rtoqlari bilan Afrikaga ketganlar. 30 yil davomida qit’ada 11 million afrikalik u kishining sharofatlari bilan Islomni qabul qilgan. As-Sumayt xazratlari 2013 yilda Kuvaytda vafot etganlar. Alloh joylarini jannatda qilgan bo‘lsin!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!