Aka singlisining sha’niga yomon gap aytilishi ortidan jinoyatga qo‘l urdi

Aka singlisining sha’niga yomon gap aytilishi ortidan jinoyatga qo‘l urdi

Tilida salomi bor bolani “bo‘ladigan bola”, deyishadi kattalarimiz. O‘zbekning muqaddas kalomi “Assalomu-alaykum”, tarbiyaning bir ko‘rinishi bo‘lganligi uchundir. Demak, “Kattalarga salom berib o‘rgan, bolam”, jumlasi zamirida ham xikmat mujassam.

Salim Axmedov (ism-shariflar va joy nomlari shartli) tabiatan tez, jaxldor, ko‘ngliga kelganidan qolmaydigan bir fe’l bilan ulg‘aydi. Ota-onaning qo‘yib bergan erkinligi bilan bu fe’li egaistlikka aylandi. U o‘zini barchadan, xohishlarini esa barcha narsadan ustun qo‘yadigan bola edi.

“Seni bu fe’ling bir pand bermasa edi”, - degan xavotir xaqiqatga aylandi. Salim qattiq pand yedi. Bir o‘zi emas, ota-onasi, yaqinlarining yuzi shuvut, ko‘ngli anduhda sud zaliga yig‘ilishgan. “Ishqilib qamalib qolmasin...”

Yig‘ilganlar ham, qonun himoyachilari ham jinoyatchilarning ayblari qay darajada ekanligini his etib turishibdi. Axir bir inson xayoti tahlikada, bezorilik oqibatida shikast yedi. Xatto bu o‘lim bilan tugashi ham mumkin edi. Yaxshiyamki...Singlisining sha’niga yomon gaplar aytilganini eshitgan Salim, bu gaplar nima uchun aytilganidan ko‘ra, kim tomonidan aytilganiga qiziqdi. Surishtirmay netmay gumondorini topishga shoshildi. Hatto, u bilan yaxshigina xisob-kitob qilishi haqida xabar ham yetkazdi.

U o‘zining tengdoshi Jamol Boqiyevga dilidagini aytdi.

— Orifning gavdasi, kuchi bor. Bir o‘zim eplolmayman, ozgina qarashib yuborsang bo‘ldi. Bir gaplashib kelamiz.

Jamol o‘rtog‘iga yo‘q deyishdan tortindi. Qolaversa u shunchaki gaplashib kelamiz, degan o‘yga borgandi.

Ikki og‘ayni ishni tuman markazidagi kafega kirib o‘zlarini siylashdan boshlashdi. Dasturxonlaridagi spirtli ichimlik ularni go‘yo sherga aylantirib borar, tezroq “yov” tomon borishga oshiqishardi.

Kechki soat 20.30lar chamasi kafedan chiqib, shu alfozda Salimning otasiga tegishli bo‘lgan “Kobalt” avtomashinasiga o‘tirishdi va kompyuter o‘yinlari binosi tomon yo‘l solishdi. “Kompyuterxona”ga yetib kelisharkan, o‘ta qattiq tormoz ovozi atrofdagilarning ham e’tiborini tortdi.

Yigitlar mashinadan tushishar ekan, Jamol o‘rtog‘ining qo‘lidagi pichoqni ko‘rib xushyor tortdi.

— Nima, sen...

— Shunchaki, qo‘rqitib qo‘yamiz...

— Pichoqni ishlatsang men qo‘shilmayman!

— Eee, yursangchi...

Kompyuter o‘yinlari xonasi yerto‘laga joylashgan edi. Bolalar yerto‘laga go‘yo bo‘rondek kirib borishdi. Orif bu xolatni kutgandi, chunki, ular mashinada tormoz berishgandayoq qo‘shni xonadagi o‘rtog‘i unga qo‘ng‘iroq qilgandi.

— Arslon qidirib keldi seni, tadorigingni ko‘r, qo‘lida pichog‘i bor!

Orif vaziyatni anglab, bir noxushlik yuz berishini oldini olish maqsadida xonaning orqa eshigidan chiqib ketmoqchi ham bo‘ldi. Ammo ulgurmadi. Qarshisida vajohat bilan uni haqoratlab paydo bo‘lgan Salimning ko‘ksiga musht soldi. Salim gandiraklab borib o‘zini o‘nglaguniga qadar Jamol Orifga tashlana ketdi. Xonada kompyuter o‘ynab o‘tirgan bir yigit esa xolatga aralashib qolishdan o‘zini olib qochib tashqariga otildi.

Salim sherigi bilan yoqalashayotgan Orifga qarab o‘qtaldi. Uning qo‘lidagi pichoq bir-ikki mo‘njal ololmay xavoda qaytdi. Ammo har qanday niyat, xoh yaxshi bo‘lsin, xoh yomon oyoqqa turdimi ma’lum ma’noda amalga oshadi.

Oxirgi pichoq Orifning soniga borib sanchildi. Og‘riqdan ingrangan yigitning ojizligidan foydalangan “arslonlar” esa uni yuzi-ko‘zi demay do‘pposlab, urib-tepishardi.

Orif jismonan baquvvat bola edi. U shu damda, shu xolatda bo‘lsa-da, aytish joiz bo‘lsa, bir yovuzlik, yomonlik qurboni bo‘lib ketishdan qutulib qolishni istardi. Oyoqlari o‘z qoniga sirpanib, og‘riqdan ter bosa boshlagan bo‘lsa ham tashqariga otilib chiqib, ro‘paradagi muzqaymoqxonaga o‘zini urdi. Aslida Orif bu harakati bilan tengdoshlarini ham og‘ir oqibatdan asrab qolgandi xolbuki. Ammo Salimning negadir alami chiqmaganday edi. Muzqaymoqxona egasi uni ichkariga qo‘ymagach, yana podvalga tushdi va narxi 4.000.000 so‘m bo‘lgan televizor, 7.000.000.so‘mlikdan bo‘lgan ikki dona kompyuter jixozlariga pichoq bilan shikast yetkazib, urib, sindirib yerga otib chiqib ketdi.

Orif tanasidagi jaroxatlar yaxshi bo‘lib ketgani, kompyuterxona zararlari qoplangani, bunaqa ishlar yigitchilikda bo‘lib turishligini aytib tengdoshlariga davosi yo‘qligi va yengilroq jazo berilishini so‘radi.

Salim hamda Jamolning esa ichidagi o‘ziga ayon. Ammo ko‘zlari achchiq nadomatdan pirpiraydi.

Sud yigitlarning yoshligi, oilaviy sharoiti, avval sudlanmaganligi, aybini tan olib turganligi hamda qattiq pushaymonda ekanligi kabi ko‘plab insoniylik prinsiplariga tayanib, ishni har tomonlama o‘rganib o‘z hukmini qo‘yidagicha chiqardi:

Salim Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismining “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jamol Boqiyev ham xuddi shu moddaning “b” bandi bilan aybli deb topilib, unga ham ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sud xukmi o‘qildi. Kimdir uvvos tortdi. Kim ichidan ezildi. Kimdir bolalar uvol bo‘ldi desa birovi “odam bo‘lib chiqadi” dedi.

Xulosa qilishdan avval bir narsani taxlil qilishni istadik. Odam bo‘lish siri nimada asli?! Jazodami, komil tarbiyadami?

Bir fikrga keldik. Albatta, tarbiyada. Xo‘sh, siz nima deb o‘ylaysiz va yuqoridagi xolat, yoshgina “qamalib ketgan” yigitlarga nisbatan qarashingiz qanday?

Qay bir mahalla, oila, maktab ostonasidagi bolalarning shunday tarbiya topib qolmasliklari yo‘lida bu kabi xolatlardan saboq sifatida foydalanish mumkin deb o‘ylaymiz va asl maqsadimiz ham noxush xodisalar oldini olishga qaratilgan.

Xotima o‘rnida: Xar bir bola shu yurt farzandi, demak sizning farzandingiz. Uning kelajagiga befarq bo‘lish esa yurtga xiyonatdir!

Dilmurod Madaminov,
Namangan viloyat sudining sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Eron AQShning 200 nafardan ortiq qo‘mondonlari va o‘rta darajadagi zobitlari joylashgan markazga hujum uyushtirdi

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати эълон қилди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

“Dushmaning xato qilayotganida, unga aslo xalaqit berma”

The Economist Хитой Вашингтоннинг Яқин Шарқдаги ҳаракатларини шунчаки четдан кузатаётганини ёзган

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

AQSh va Isroil Xarg oroliga hujum qildi: qurbon bor

Бу ҳақда Tasnim маълум қилди.

"Biz urush holatidamiz, bolalar bog‘chalariga vaqtimiz yo‘q!"

Трампнинг сўзларига кўра, у Маъмурий-бюджет бошқармаси раҳбари Рассел Воутдан болалар боғчаларига маблағ ажратмасликни сўраган

Eron hali ham minglab dronlar va ko‘plab raketalarga ega

CNN телеканалининг хабар беришича, АҚШ разведка агентликлари Эроннинг ракета учириш мосламаларининг тахминан ярми бутунлигича қолганини тахмин қилмоқда.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.

Eron AQShni masxara qildi: “Biz 6000 yillik sivilizasiyamiz”

Жанубий Африкадаги Эрон элчихонаси АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсетнинг “Эрон тош даврига қайтиши мумкин” деган баёнотини масхара қилди.

BMT: Jahon urushi xavfi — Yaqin Sharq mojarosi keskinlashmoqda

БМТ Бош котиби Антониу Гутерриш жаҳонда янги кенг кўламли уруш бошланиши хавфи ҳақида огоҳлантирди.

Toshkentda YPX xodimiga qo‘l ko‘targan mast haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Шундан сўнг ходимлар ўзлари ва атрофдагилар хавфсизлигини таъминлаш мақсадида махсус воситаларни қўллаган ҳолда қонунбузар фуқарони зарарсизлантирган.

Hindistonda 70 yoshli fil “pushti fotosessiya”dan keyin vafot etdi

Ижтимоий тармоқ фойдаланувчилари блогерни ҳайвонга нисбатан шафқатсиз муносабатда бўлганликда айблаб, уни жавобгарликка тортишни талаб қилмоқда.

Farg‘onada og‘ufurushlarga 12 yildan 15 yilgacha qamaldi

Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.

Toshkent va Sirdaryoda «Umra» bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Тошкент шаҳри ва Сирдарё вилоятида «Умра» зиёратига юбориш билан боғлиқ бир қатор фирибгарлик ҳолатлари фош этилди.