The NYT xabar berishicha, «Jenga» o‘yinida o‘yinchilar yog‘och bloklarni minoradan olib, uning yuqori qismiga qo‘yadi. Har bir yurish bilan minora balandroq va barqarorligi kamroq bo‘lib boradi — oxir-oqibat esa qulaydi.
2025 yil namunasidagi AQSh iqtisodiyotiga xush kelibsiz. Iqtisodiy o‘sish o‘zini ishonchli tutib turibdi, fond bozorlari esa rekord cho‘qqilarga yaqin darajada saqlanmoqda. Qo‘llab-quvvatlovchi byudjet va pul-kredit siyosatiga tayangan bu “minora” hozircha yetarlicha mustahkamdek ko‘rinadi. Biroq diqqat bilan qaralsa, biznesda, mehnat bozorida, iste’molchilar orasida va fond bozoridagi tarkibiy tayanchlar tobora ko‘proq chayqala boshlayotgani ko‘rinadi.
Bu yil chiqarib olingan eng muhim «Jenga blok»laridan biri — ayniqsa savdoga yo‘naltirilgan kichik amerikalik kompaniyalar bo‘ldi. Odatda 500 nafargacha xodimga ega korxonalar deb belgilanadigan kichik biznes AQSh iqtisodiyotida juda muhim o‘rin tutadi va barcha ishchilarning 46 foizini ish bilan ta’minlaydi. Savdo sohasida esa ularning ahamiyati yanada kattaroq. Aprel oyida e’lon qilingan Savdo vazirligi tadqiqotiga ko‘ra, AQShga import qilinadigan tovarlar umumiy qiymatining uchdan bir qismi kichik firmalar hissasiga to‘g‘ri keladi, mamlakatdagi importyor kompaniyalarning esa mutlaq ko‘pchiligi — 97 foizi — aynan shu toifaga kiradi.
ADP xususiy to‘lov kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, apreldan sentyabrgacha kichik firmalar 107 ming ish o‘rnini qisqartirgan, yirik kompaniyalar esa xodimlar sonini oshirishda davom etgan. Biroq mehnat bozorining beqarorligi faqat shu bilan cheklanmaydi. Federal hukumat baholashicha, joriy yilda taxminan 300 ming ish o‘rni tugatiladi. Xususiy sektorda esa turli o‘lchamdagi kompaniyalar xarajatlar o‘sishi va sun’iy intellektga investisiyalar ta’sirini ishga qabul qilishni muzlatish hamda shtatlarni qisqartirish orqali “qoplash”ga urinayotgani kuzatilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.