Shavkat Mirziyoyev 26 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev 26 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarini tabrikladi

Hurmatli bojxona organlari xodimlari!

Qadrli serjant, ofiser va generallar!

Muhtaram faxriylar!

Sizlarni 26 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman.

Mustaqillik yillarida bojxona organlari mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va chegaralarimiz daxlsizligini asrashda davlatning ishonchli tayanchi bo‘lib kelmoqda.

Xususan, Yangi O‘zbekiston sharoitida bojxona organlari zamonaviy, ochiq va samarali tizimga aylanib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Sizlarning bilim va tajribangiz, kasbiy mahorat va qat’iyatingiz mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, sohani raqamlashtirish, ortiqcha byurokratiya va inson omilini kamaytirish va xalqaro standartlarni joriy etish borasidagi amaliy ishlaringiz alohida e’tiborga loyiq.

Sohadagi tub islohotlar tufayli keyingi yillarda bojxona rasmiylashtiruvi vaqti 40 foizga qisqartirildi, deklarasiyalarning 20 foizi inson omilisiz amalga oshirilmoqda. 2025 yilda 76,2 trillion so‘m bojxona to‘lovlari undirilib, bu ko‘rsatkich 21 foizga oshdi va uning davlat byudjeti daromadlaridagi ulushi 25 foizga yetdi.

Shuningdek, 1,2 trillion so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Xavflarni oldindan tahlil qilish natijasida 7 trillion so‘m, tovarlarni rasmiy importga jalb etish orqali qo‘shimcha 2,3 trillion so‘m byudjet mablag‘i undirilishi ta’minlandi.

Shu bilan birga 1,8 tonna giyohvandlik, 1,1 tonna psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi. Jahon savdo tashkiloti talablari asosida bojxona tartib-taomillari soddalashtirildi. Jahon bojxona tashkiloti bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Yangi O‘zbekiston bojxonasining xalqaro nufuzi yuksalib bormoqda.

Mamlakatimiz bojxona laboratoriyasi va kinologiya markazining mintaqaviy filial maqomiga ega bo‘lishi, Bojxona institutining “PICARD” dasturi standartlari asosida akkreditasiyadan o‘tishi, bojxona idoramizning mazkur tashkilot Audit qo‘mitasi a’zoligiga saylanishi ham shundan dalolat beradi. Bojxona tizimida bilimli, tashabbuskor yosh kadrlar safining kengayib borayotgani, ularning malakali xalqaro ekspertlar sifatida e’tirof etilayotgani quvonarlidir.

Qadrli soha vakillari!

Bugungi murakkab zamonda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, jumladan, kelgusi besh yilda “yashirin iqtisodiyot” ulushini ikki karra qisqartirishda bojxona organlari faoliyatini kuchaytirish – dolzarb vazifadir. Ayniqsa, mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lib kirishi munosabati bilan bojxona tizimining ish samaradorligi va mas’uliyatini tubdan oshirish zarur.

Shu bois sohani har tomonlama rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, xodimlar mehnatini munosib rag‘batlantirish doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Ushbu shonli ayyomda o‘z xizmat burchini ado etish chog‘ida halok bo‘lgan mard va jasur xodimlar xotirasini hurmat bilan yodga olib, ularning oilalari va farzandlariga ezgu tilaklarimizni yo‘llaymiz.

Hurmatli bojxona organlari xodimlari!

Muhtaram faxriylar!

Sizlarni yana bir bor chin dildan qutlab, barchangizga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Mas’uliyatli va sharafli xizmatingizda yangi yutuq va zafarlar yor bo‘lsin!

Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Eron Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha ultimatumiga javob qaytardi

Эрон ҳукумати бўғоз фақат транзит йиғимларидан фойдаланилган ҳолда “янги ҳуқуқий режим” доирасида зарарлар қоплангандан кейингина очилишини маълум қилди.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozining «kalitlarini yo‘qotib qo‘ydi»

Бу ҳақда Ислом Республикасининг Зимбабведаги элчихонаси маълум қилди.

Eron ulamolari Xomanaiydan atom bomba yasashga ruxsat berishni so‘radi

"Мавжуд таҳдидларга қарши қонуний ҳимоя заруратини ҳисобга олган ҳолда, аввалги баъзи фатволарни қайта кўриб чиқиш нафақат мумкин, балки баъзи ҳолларда зарур бўлиб туюлади, токи Ислом тизими душман фитналарига қарши максимал даражада тўхтатувчи ва хавфсизлик кафолатига эга бўлсин", - дейилади мурожаатда.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Eron havo mudofaasi tizimlari Isroil uchun ko‘rinmas bo‘lib qoldi

Бу ҳақда Исроил мудофаа ва хавфсизлик форуми раиси Амир Авиви маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Shimoliy Koreya Erondan uzoqlashishni boshladi — razvedka

Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.

“Agar mening qo‘limda bo‘lsa, men neftni olib qo‘yar edim. Lekin AQSh xalqi buni tushunmaydi deb o‘ylayman,” — Tramp

Эрон халқи қурол олса, қаршилик кўрсатади. Агар уларда қурол бўлса, Эрон жуда тез таслим бўлар эди.

AQSh Eronda o‘z “zaifligini” ko‘rsatdi

Беларусь президенти Александр Лукашенко АҚШнинг Эрондаги ҳаракатлари унинг “заифлигини” намоён этганини билдирди.

Samarasiz ishlayotgan davlat korxonalari soni e’lon qilindi

Президент Шавкат Мирзиёев 6 апрел куни иқтисодиётда давлат иштирокини қисқартириш ва хусусийлаштириш жараёнларини жадаллаштиришга доир таклифлар тақдимоти билан танишди.

Isroilda 7 mingdan ortiq kishi jarohatlandi

Эрон зарбалари натижасида Исроилда 7 142 нафар киши жароҳат олгани маълум қилинди.

AQSh va Isroil Eronda maqsadlariga erisha olmadi

The Responsible Statecraft нашрига кўра, АҚШ ва Исроил Эронга қарши бошланган ҳарбий кампанияда кутилган натижаларга эриша олмаган.

Mariya Zaxarova Yaponiyani Ukraina mojarosiga aralashishda aybladi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги вакили Мария Захарова Японияни Украинадаги можарога тобора кўпроқ аралашаётганликда айблади.

Donald Tramp: seshanba Eron bilan bitim uchun so‘nggi muddat bo‘lishi mumkin

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон билан келишувга эришиш учун сешанба куни сўнгги муддат бўлиши мумкинлигини билдирди.

Ispaniya aholisi Trampni tinchlik uchun Putindan ko‘ra kattaroq xavf deb bilishadi — El Pais

Нашр томонидан ўтказилган сўровномага кўра, испанлар тинчликка асосий хавф сифатида АҚШ президенти Доналд Трампни (81%) кўришади.

The Wall Street Journal: Ukraina urushda yangi strategiya izlayapti

Украинада уруш деярли тўрт йилга яқинлашар экан, Россиянинг секин, лекин доимий босими Киев позицияларини музокараларда заифлаштирмоқда.

Saida Mirziyoyeva AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

“Самимий меҳмондўстлик ва илиқ қабул учун чин дилдан миннатдорлик билдираман. Бўлиб ўтган мазмунли ва конструктив мулоқотни юксак қадрлайман ҳамда яқин кунларда Вашингтонда самарали учрашувлар ўтказилишига умид қиламан,” — дейди Саида Мирзиёева учрашув хусусида.

35 kg.dan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi

Ҳозирда қонунбузарларга нисбатан Жиноят Кодексининг 223 ва 246-моддалари билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Andijonda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlangani aytilmoqda

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга кўра, Андижон вилояти ҳокимининг ўринбосари И.Исманов 50 минг доллар пора олаётганда қўлга олинган.

Eron hukumati ikki namoyishchini qatl qildi

Диний суд талқинига кўра, улар оммавий қотилликларни режалаштирган.

Jizzaxda ayanchli YTH: 5 kishi halok bo‘ldi

ЙТҲ оқибатида ҳар икки машина ҳайдовчиси, шунингдек, Nexia машинасида йўловчи сифатида кетаётган Хитой давлатининг 54 ёшли фуқароси воқеа жойида ҳалок бўлган.

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming AQSh dollar pora qo‘lga olindi

И.Б. Исманов 2022–2025 йилларда Андижон вилояти ИИБ бошлиғининг ўринбосари – Жамоат хавфсизлиги хизмати бошлиғи лавозимини ишлаган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.