O‘zbekiston Birinchi xonimi, “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva inklyuziv xayriya festivalining Yangi yil tadbirlarida ishtirok etdi.
Festival doirasida Xalqaro inklyuziv xab talabalarining haqiqiy hayotiy hikoyalari asosida sahnalashtirilgan «Yorug‘lik ovozlari» nomli sahna asari namoyish etildi. Spektakl jaz ijrolari bilan uyg‘unlashib, mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, «Yakkalanishda» nomli immersiv ko‘rgazma tashrif buyuruvchilarga sukunat va ichki kechinmalar olamiga sho‘ng‘ish imkonini berdi.
Tadbir davomida “Mehrli maktab” loyihasi pedagoglari tomonidan Yangi yil o‘yinchoqlari, tabriknomalar va bilaguzuklar tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi. Ushbu mashg‘ulotlar ijodiy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.
“Mehrli pochta” maydonchasiga tashrif buyurgan Birinchi xonim uzoq muddat davolanayotgan bolalarga samimiy va iliq tilaklarini yozib qoldirdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.