Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Telegram orqali Ukraina qo‘shinlari Seversk shahrini tark etganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bu qaror «askarlar hayotini saqlab qolish va bo‘linmalarning jang qobiliyatini asrash» maqsadida qabul qilingan. Rossiya armiyasi esa shahar egallab olinganini 11 dekabr kuniyoq ma’lum qilgan edi.
Ukraina Bosh shtabiga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari «son jihatdan ustunligi va og‘ir ob-havo sharoitida kichik hujum guruhlarining doimiy bosimi» orqali olg‘a siljishga muvaffaq bo‘lgan. Shu bilan birga, Moskva qo‘shinlari «qo‘shin va harbiy texnikada sezilarli ustunlikka ega bo‘lib, katta yo‘qotishlarga qaramay, hujum operasiyalarini davom ettirmoqda».
Seversk shahrida ilgari taxminan 11 ming nafar aholi yashagan. U Kramatorsk va Slavyansk shaharlari tomon yo‘lda Ukraina nazoratida qolgan so‘nggi muhim aholi punktlaridan biri hisoblangan. Bu ikki shahar esa, o‘z navbatida, Donesk viloyatida Ukraina nazoratida qolgan so‘nggi yirik shaharlardir.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.