SMTI eksperti: Transport-tranzit sohasi – TDT mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning strategik yo‘nalishi

SMTI eksperti: Transport-tranzit sohasi – TDT mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning strategik yo‘nalishi

Bugungi kunda Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) ko‘p tomonlama hamkorlikning mutlaqo yangi formatiga aylanib ulgurgan holda, Tashkilot a’zolarining umumiy manfaatlar va qo‘shma tashabbuslar atrofida birlashtirishga, o‘zaro hamkorlikning mustahkam siyosiy va iqtisodiy, huquqiy poydevorni shakllantirishga xizmat qiluvchi noyob imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda.

Hozirda Tashkilotga a’zo davlatlar savdo, transport, energetika, raqamli integrasiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, kosmik tadqiqotlar, sun’iy intellekt kabi 40 dan ortiq yo‘nalishlarda faol hamkorlik qilmoqda.

Bu o‘rinda transport sohasi turkiy davlatlar ko‘p tomonlama hamkorlik arxitekturasining muhim ustuni sifatida shakllanmoqda. TDTga a’zo mamlakatlar o‘rtasida transport-tranzit oqimining uzluksiz va samarali faoliyat ko‘rsatishi savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojiga ham o‘z xissasini qo‘shmoqda.

O‘z navbatida mintaqalararo transport-tranzit yo‘laklarini rivojlantirish va zamonaviy logistika infratuzilmasini yaratish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish TDT doirasidagi hamkorlikning asosiy strategik yo‘nalishlaridan biriga aylanib ulgurdi. Bu tendensiya quyidagi jarayonlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Birinchidan, bugunda TDT doirasida transport yo‘nalishidagi hamkorligining konseptual-huquqiy bazasi mustahkamlanib, yanada kengayib borayotganiga barchamiz guvoh bo‘lmoqdamiz.

«Turkiy dunyo nigohi – 2040» va «TDTning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi» kabi muhim strategik hujjatlarning qabul qilinishi Tashkilot doirasidagi hamkorlikning yaqin istiqboldagi asosiy yo‘nalishlarini soxalar kesimida belgilab berdi. Bu hujjatlarda TDTga a’zo mamlakatlari o‘rtasida transport yo‘nalishidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhim strategik vazifa sifatida e’tirof etildi.

Transport sohasida erishilgan eng yirik kelishuvlar 2022 yil 11 noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammitida imzolangan «Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida xalqaro aralash yuk tashish to‘g‘risida»gi bitim va «Transport sohasida o‘zaro bog‘liqlik dasturi» sanaladi. Yaqin istiqboldagi hamkorlikka rejalashtirib qabul qilingan ushbu hujjatlar turkiy mamlakatlar o‘rtasidagi transport hamkorligining ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kelishuvlarining yangi davrini boshlab berdi.

Ikkinchidan, TDT doirasida transport sohasida tizimli va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha maxsus muloqot formatlari, institusional tuzilmalar ham o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Xususan, har yili Tashkilotga a’zo mamlakatlar transport vazirlarining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda transport-kommunikasiya sohasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash, tuzilmaga a’zo mamlakatlar o‘rtasida tranzit aloqalarini yanada kuchaytirishga qaratilgan muhim vazifalar va amaliy xarakatlar rejasi belgilab olinmoqda.

2022 yildan beri har yili TDT a’zo davlatlari Temir yo‘l boshqaruvi rahbarlarining yig‘ilishlari o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu uchrashuvlar mobaynida transport-tranzit sohasidagi ko‘p tomonlama munosabatlarni yaxshilash, mintaqalararo yo‘nalishlarni yanada optimallashtirish va transport-logistika imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlikning istiqbolli loyihalari ko‘rib chiqilmoqda.

2024 yilda Toshkent shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti huzuridagi Logistika markazlari va yuk tashuvchilar alyansi tashkil qilindi. Alyans logistika va yuk tashish, muhandislik ishlari hamda konsalting xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarni o‘zida birlashtirdi. Bu voqea logistika infratuzilmasini rivojlantirish hamda TDTga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi transport sohasidagi hamkorlikni tarmoqlar kesimida yanada mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.

Uchinchidan, turkiy mamlakatlarning yildan yilga rivojlanib borayotgan transport infratuzilmasi va jadal integrasiyalashayotgan transport tizimi TDT mamlakatlariga qo‘shni mintaqalar sanalgan Yevropa, Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo va Afrika bozorlariga kirish uchun qimmatli imkoniyatlarni bermoqda.

Bu o‘z navbatida Yevroosiyodagi strategik transport yo‘nalishlari chorrahasida joylashgan TDT mintaqasini global ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjiridagi muhim transport-logistika bo‘g‘iniga aylantirish salohiyatini yanada oshiradi.

Jumladan, Tashkilot doirasida bugun Osiyo mintaqasini Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz orqali Yevropa bilan bog‘laydigan «O‘rta yo‘lak»ni birgalikda rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu xalqaro koridor orqali yuk tashish hajmi 2024 yilda 4,5 million tonnani tashkil etib, 2020-yilga nisbatan qariyb 6 barobar oshganini ko‘rsatmoqda.

Bundan tashqari, «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lining qurilishi va uning TDT makonidagi boshqa istiqbolli transport loyihalari bilan integrasiyalashuvi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari va Xitoydan Yevropaga quruqlikdagi yo‘lni sezilarli darajada mustahkamlaydi. Shunisi e’tiborga loyiqki, ushbu yo‘lak ilgari turkiy davlatlar hududidan o‘tgan va mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdo-iqtisodiy va madaniy almashinuvni rivojlantirishga xizmat qilgan.

Shu bilan bir qatorda, Trans-afg‘on yo‘lagining yaratilishi ham salmoqli imkoniyatlarni taqdim etib, TDT mamlakatlari uchun qariyb 1,9 milliard aholiga ega va umumiy yalpi ichki mahsuloti 3,5 trillion dollarga teng bo‘lgan Janubiy Osiyo bozorlariga chiqish imkonini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi 2019 yilda Turkiy Davlatlar Tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lib kirgan ilk kunlardanoq TDT makonida mustahkam va samarali transport-logistika tizimini yaratishda hamda o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlashda o‘zining beqiyos xissasini qo‘shib kelmoqda.

Shubhasiz, TDT umumiy kun tartibining, shu jumladan transport sohasidagi hamkorlikning sifat jihatidan yanada kengayishiga ko‘p jihatdan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ko‘p tomonlama aloqalarni mustahkamlash borasidagi faol sa’y-harakatlari va tashabbuslari asos bo‘lib xizmat qildi.

Jumladan, O‘zbekiston Prezidenti 2021 yilda Turkiyada o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitidagi nutqida transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni tizimli asosda yo‘lga qo‘yish zarurligiga e’tibor qaratdi. Hamkorlikning ushbu yo‘nalishlaridagi mavjud salohiyatidan to‘laqonli foydalanish maqsadida mamlakatimiz Rahbari «Turkiy davlatlar tashkilotining transport sohasidagi o‘zaro bog‘liqlik dasturi»ni ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi.

2022 yilgi Samarqand sammiti doirasida O‘zbekiston Yetakchisi TDT makonida multimodal transport yo‘nalishlari va transport xizmatlarini rivojlantirishni taklif qildi. Shu munosabat bilan bojxona jarayonlariga zamonaviy raqamli yechimlarni («e-TIR», «e-Permit» i «e-CMR») joriy etish, shuningdek, tranzit rejimlarini liberallashtirish va ma’muriy tartibni soddalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, 2022 yilda O‘zbekistonning «Universal Logistics Service» (Toshkent), «Akhtachi» (Andijon) va «Termez Cargo Centre» (Surxondaryo) logistika markazlari TDTning «Birodar portlar» jarayoniga qo‘shildi.

2023 yilgi TDTning Ostona sammitida Davlatimiz Rahbari tomonidan global logistika zanjirlari va transport yo‘laklarini rivojlantirish va diversifikasiya qilish, yagona tranzit tarmog‘ini shakllantirish masalalari dolzarb ekani yana bir bor ta’kidlandi.

Shu ma’noda, «O‘rta yo‘lak» salohiyatini kengaytirish, qo‘shimcha ko‘p tarmoqli yo‘nalishlarni, jumladan, Xitoy, Janubiy Osiyo va Yevropa bozorlariga mamlakatlarimiz orqali o‘tadigan xalqaro koridorlarni rivojlantirish hamda transport xizmatlarini raqamlashtirish chora-tadbirlarini qo‘llab-quvvatlandi. Bu o‘rinda TDTning Temir yo‘l idoralari kengashini ta’sis etish va bu tuzilmaning direksiyasini O‘zbekistonda joylashtirish taklif etildi.

2024 yil noyabr oyida Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti navbatdagi sammitida O‘zbekiston Prezidenti transport yo‘laklaridan samarali foydalanish, «O‘rta yo‘lak» bo‘yicha tranzit tariflarini maqbullashtirish, chegaralarni kesib o‘tish jarayonlarini soddalashtirish, zamonaviy logistika tizimlari va qo‘shma operatorlarni yaratish yana bir ustuvor masala sifatida belgilandi. Tashkilot doirasida yuk tashuvlarda elektron hujjat aylanishiga o‘tish va ularni o‘zaro tan olish bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimni imzolash tashabbusi ilgari surildi.

2025 yil may oyida Vengriyada bo‘lib o‘tgan TDTning norasmiy sammitida Transkaspiy xalqaro yo‘lagi orqali yuk tashish hajmining o‘sishini ta’minlash va bojxona-chegara tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu yo‘nalish bo‘ylab «yagona darcha» va «yashil yo‘laklar» tizimini tez fursatda joriy etishga chaqirdi.

Joriy yilning noyabrida o‘tkazilgan TDTning Gabala sammiti doirasida mamlakatimiz Yetakchisi «O‘rta yo‘lak»ni izchil rivojlantirish borasidagi rejalarni qo‘llab-quvvatlab, ushbu yo‘nalishning raqobatbardoshligini ta’minlash va biznes hamjamiyati uchun eng qulay sharoitlar yaratish muhim ekanini ta’kidladi.

Shu ma’noda, maqbul tranzit tariflarini qo‘llash, zamonaviy transport infratuzilmasini rivojlantirish va raqamli bojxona tartib-taomillarini joriy etish muhimligi qayd etildi. «O‘rta yo‘lak» qurilayotgan «Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temir yo‘li va istiqbolli Trans-afg‘on yo‘lagi bilan bog‘lansa, ulkan mintaqada ko‘p tarmoqli, strategik magistral yo‘llar tizimi yaratilishiga asos bo‘lishi yana bir bor e’tibor markaziga olindi.

Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining TDT doirasidagi barcha istiqbolli yo‘nalishlarda, shu jumladan transport sohasida hamkorlikni kuchaytirish borasidagi taklif va tashabbuslari mamlakatimizning mintaqaviy va jahon transport-tranzit tizimlariga qo‘shilishiga, turkiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarning kengayishiga, shuningdek xalqaro investision oqimlarning ko‘payishiga har jihatdan xizmat qilmoqda.

Bu nuqtai nazardan, bugungi jahon siyosati va iqtisodiyotidagi jadal o‘zgarishlar fonida mintaqaviy hamkorlikning ahamiyati har qachongidanda ortib bormoqda. Bu o‘rinda TDTning hozirgi rivojlanish davri va faoliyati ushbu tashkilotning dolzarbligini, shuningdek, turkiy davlatlarning umumiy iqtisodiy, transport, madaniy va ijtimoiy salohiyatini yuksaltirishga intilishlarining va xarakatlarining samaradorligini namoyish etmoqda.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan Toshkent shahrida shu kunlarda o‘tkazilayotgan Xalqaro multimodal transport forumi mintaqaviy taraqqiyot uchun, TDT makonida umumiy transport-tranzit salohiyatining yuksalishi uchun yangi imkoniyatlar beradi va bu boradagi sa’y-harakatlarning amaliy davomi bo‘lib xizmat qiladi.

Sarvar Kamolov,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi SMTI
bosh ilmiy xodimi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Eron Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha ultimatumiga javob qaytardi

Эрон ҳукумати бўғоз фақат транзит йиғимларидан фойдаланилган ҳолда “янги ҳуқуқий режим” доирасида зарарлар қоплангандан кейингина очилишини маълум қилди.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozining «kalitlarini yo‘qotib qo‘ydi»

Бу ҳақда Ислом Республикасининг Зимбабведаги элчихонаси маълум қилди.

Eron ulamolari Xomanaiydan atom bomba yasashga ruxsat berishni so‘radi

"Мавжуд таҳдидларга қарши қонуний ҳимоя заруратини ҳисобга олган ҳолда, аввалги баъзи фатволарни қайта кўриб чиқиш нафақат мумкин, балки баъзи ҳолларда зарур бўлиб туюлади, токи Ислом тизими душман фитналарига қарши максимал даражада тўхтатувчи ва хавфсизлик кафолатига эга бўлсин", - дейилади мурожаатда.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Eron havo mudofaasi tizimlari Isroil uchun ko‘rinmas bo‘lib qoldi

Бу ҳақда Исроил мудофаа ва хавфсизлик форуми раиси Амир Авиви маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Shimoliy Koreya Erondan uzoqlashishni boshladi — razvedka

Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.

“Agar mening qo‘limda bo‘lsa, men neftni olib qo‘yar edim. Lekin AQSh xalqi buni tushunmaydi deb o‘ylayman,” — Tramp

Эрон халқи қурол олса, қаршилик кўрсатади. Агар уларда қурол бўлса, Эрон жуда тез таслим бўлар эди.

AQSh Eronda o‘z “zaifligini” ko‘rsatdi

Беларусь президенти Александр Лукашенко АҚШнинг Эрондаги ҳаракатлари унинг “заифлигини” намоён этганини билдирди.

Samarasiz ishlayotgan davlat korxonalari soni e’lon qilindi

Президент Шавкат Мирзиёев 6 апрел куни иқтисодиётда давлат иштирокини қисқартириш ва хусусийлаштириш жараёнларини жадаллаштиришга доир таклифлар тақдимоти билан танишди.

Isroilda 7 mingdan ortiq kishi jarohatlandi

Эрон зарбалари натижасида Исроилда 7 142 нафар киши жароҳат олгани маълум қилинди.

AQSh va Isroil Eronda maqsadlariga erisha olmadi

The Responsible Statecraft нашрига кўра, АҚШ ва Исроил Эронга қарши бошланган ҳарбий кампанияда кутилган натижаларга эриша олмаган.

Mariya Zaxarova Yaponiyani Ukraina mojarosiga aralashishda aybladi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги вакили Мария Захарова Японияни Украинадаги можарога тобора кўпроқ аралашаётганликда айблади.

Donald Tramp: seshanba Eron bilan bitim uchun so‘nggi muddat bo‘lishi mumkin

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон билан келишувга эришиш учун сешанба куни сўнгги муддат бўлиши мумкинлигини билдирди.

Ispaniya aholisi Trampni tinchlik uchun Putindan ko‘ra kattaroq xavf deb bilishadi — El Pais

Нашр томонидан ўтказилган сўровномага кўра, испанлар тинчликка асосий хавф сифатида АҚШ президенти Доналд Трампни (81%) кўришади.

The Wall Street Journal: Ukraina urushda yangi strategiya izlayapti

Украинада уруш деярли тўрт йилга яқинлашар экан, Россиянинг секин, лекин доимий босими Киев позицияларини музокараларда заифлаштирмоқда.

Saida Mirziyoyeva AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

“Самимий меҳмондўстлик ва илиқ қабул учун чин дилдан миннатдорлик билдираман. Бўлиб ўтган мазмунли ва конструктив мулоқотни юксак қадрлайман ҳамда яқин кунларда Вашингтонда самарали учрашувлар ўтказилишига умид қиламан,” — дейди Саида Мирзиёева учрашув хусусида.

35 kg.dan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi

Ҳозирда қонунбузарларга нисбатан Жиноят Кодексининг 223 ва 246-моддалари билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Andijonda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlangani aytilmoqda

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга кўра, Андижон вилояти ҳокимининг ўринбосари И.Исманов 50 минг доллар пора олаётганда қўлга олинган.

Eron hukumati ikki namoyishchini qatl qildi

Диний суд талқинига кўра, улар оммавий қотилликларни режалаштирган.

Jizzaxda ayanchli YTH: 5 kishi halok bo‘ldi

ЙТҲ оқибатида ҳар икки машина ҳайдовчиси, шунингдек, Nexia машинасида йўловчи сифатида кетаётган Хитой давлатининг 54 ёшли фуқароси воқеа жойида ҳалок бўлган.

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming AQSh dollar pora qo‘lga olindi

И.Б. Исманов 2022–2025 йилларда Андижон вилояти ИИБ бошлиғининг ўринбосари – Жамоат хавфсизлиги хизмати бошлиғи лавозимини ишлаган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.