Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Rossiyaning Ukrainadagi urushini "shartsiz qo‘llab-quvvatlashini" bildirdi — bu haqda Pxenyan davlat ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Kim Chen In Shimoliy Koreyaga tashrif buyurgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvda, Pxenyan "Ukraina inqirozining ildiz sabablarini bartaraf etishda Rossiya rahbariyati tomonidan ko‘rilgan barcha choralarni qo‘llab-quvvatlashini" ta’kidladi.
G‘arb rasmiylarining fikricha, Shimoliy Koreya o‘tgan bir yil ichida taxminan 11 ming nafar askarni Rossiyaga yuborgan, ular Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etmoqda.
Shimoliy Koreyaning KCNA davlat axborot agentligiga ko‘ra, Kim va Lavrov shanba kuni “do‘stona va ishonchli muhitda” uchrashgan. Kim Chen In Rossiya armiyasi va xalqining “mamlakatning qadr-qimmati va asosiy manfaatlarini himoya qilishdek muqaddas ishda” albatta g‘alaba qozonishiga qat’iy ishonch bildirganini aytdi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Telegram orqali Kim va Lavrovning qo‘l siqishib, bir-birini bag‘riga bosgan videosini e’lon qildi.
TASS agentligining xabar berishicha, Lavrov o‘zining shimoliy koreyalik hamkasbi Chxve Son Xui bilan ham uchrashgan va Rossiyani qo‘llab-quvvatlash uchun yuborilgan “qahramon Shimoliy Koreya askarlari”ga minnatdorlik bildirgan.
Shimoliy Koreyaning Rossiyaga harbiy yordamini tiklashi, AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaga harbiy yordamni qayta boshlagan bir paytda sodir bo‘lmoqda.
Tramp NBC News'ga bergan intervyusida, NATO orqali Ukrainaga Patriot havo mudofaa tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi. Bu qaror Rossiya havo hujumlarining kuchayishi ortidan qabul qilingan.
Pxenyan birinchi marta rasman 2025 yil aprel oyida o‘z askarlarini Rossiyaga yuborganini e’lon qilgan. Bu xabar Ukraina va G‘arb davlatlari tomonidan yirik miqyosdagi harbiy kuchlar harakati fosh etilgandan keyin paydo bo‘lgan.
Kim Chen In va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tgan yil iyun oyida kelishuv imzolagan edilar, unga ko‘ra agar ikki davlatdan biri “agressiyaga uchrasa”, ikkinchisi uni qo‘llab-quvvatlashi shart.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
ДХХнинг Бухоро вилояти бўйича бошқармаси ҳамда ички ишлар ва прокуратура органлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда ходим 13 минг АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.
Жорий йилнинг 24 июль куни соат 22:30 ларда Чироқчи тумани, яшовчи аёл Д.И. 102 рақамига мурожаат қилиб, у билан бирга расмий никоҳсиз яшаб келаётган эркак Н.П.нинг онаси хонадонига келиб жанжал кўтараётганлигини маълум қилган.
Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.