Raqobat qo‘mitasi tomonidan fuqarolarning yo‘lkira narxlarining asossiz oshirilishi, onlayn to‘lovlardagi noaniqliklar hamda yangi avtomobillarda aniqlangan texnik nosozliklar bo‘yicha bildirgan murojaatlari o‘rganildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, Andijon viloyatida Asaka-Qoratepa yo‘nalishida transport yo‘lkira narxi sun’iy ravishda oshirilganligi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilib, holat bartaraf etildi. Samarqandda yo‘lovchiga nisbatan qo‘pol muomala qilgan va yo‘lkirani ikki marotaba to‘latgan avtobus haydovchisiga qat’iy ogohlantirish berildi.
Qashqadaryoda Yandex Go taksi xizmati orqali fuqaroning plastik kartasidan asossiz mablag‘ yechib olinganligi aniqlanib, fuqaroga mablag‘ to‘liq qaytarib berildi. Bu kabi holat Toshkent shahrida ham kuzatilib, Yandex Go orqali asossiz hisoblangan qarzdorlik va ortiqcha yechib olingan pul foydalanuvchiga qaytarildi hamda qarzdorlik bekor qilindi.
Jizzaxda fuqaroning Cherry Tiggo 7 Pro avtomobilida texnik nosozlik aniqlandi. Holat yuzasidan avtomashina kafolat doirasida ta’mirlab berildi. Buxoro viloyatining Kogon shahridagi 105 va 114-yo‘nalishli taksilar tomonidan yo‘lkira haqi asossiz oshirilgani uchun mas’ul tashkilotga nisbatan ish ko‘rildi.
Raqobat qo‘mitasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun bilan har bir fuqaro o‘z haq-huquqlarini himoya qilishda faol ishtirok etishi mumkinligini eslatgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Унга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 2-қисми “а” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
Ёсир Абу-Шабоб раҳбарлигидаги гуруҳ ҲАМАСдан мустақил анклавни шакллантирмоқда. Исроил уни қўллаб-қувватламоқда, аҳоли эса хавфсизлик излаб шу ҳудудга кўчмоқда.
"Ўзэнергоинспекция" Андижон вилоят ҳудудий бошқармаси томонидан энергетика объектларида олиб борилаётган таъмирлаш ишларида инсон ҳаёти учун хавф туғдириши мумкин бўлган ҳолатлар ўрганилмоқда.
Жумладан, икки нафар ходим иш жараёнида эҳтиётсизлик қилиб, металл нарвонни «Анзур» фидерининг ҳаво электр узатиш тармоғига теккизган. Оқибатда уларни ток урган.
Сешанба куни Австриядаги ўрта мактабга уюштирилган ҳужум оқибатида 10 киши, жумладан ҳужумни уюштирган одамнинг ўзи ҳам ҳалок бўлди, яна 11 киши жароҳат олди.
АҚШда миллий гвардия қўшинлари энди Техас штатига ҳам киритилди. Бу қарор Лос-Анжелесда бошланган ва бутун мамлакатга ёйилаётган норозилик намойишлари туфайли қабул қилинди.
24–25 июн кунлари Нидерландиянинг Ҳаага шаҳрида ўтадиган НАТО саммити учун тайёрланган лойиҳа коммюникесида Украина ҳақидаги энг муҳими — аъзолик ва катта миқдордаги ёрдам масалалари умуман тилга олинмаган.