Turkmaniston
O‘xshamadi! Turkmanistonda faoliyatini boshlagan ijtimoiy tarmoq uch kun o‘tib yopildi (foto)
Turkmanistonning “Biz byarde” deb nomlangan ijtimoiy tarmog‘i 23 dekabr kuni ishga tushgan edi. 26 dekabrdan beri texnik sabablarga ko‘ra tarmoq yopib qo‘yilgan. Biroq shunday bo‘lsa-da, uni ochish uchun harakatlar bo‘layotgani aytilmoqda.
Markaziy Osiyo prezidentlari Yangi yil bayramini qanday kutib oladi?
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ko‘p joylarga sevimli nevarasi Kerimguli bilan boradi. Kuni kecha Yangi yil oldidan uyushtirilgan tadbirda ishtirok etib, nevarasi yozgan qo‘shiqni birgalikda ijro etishdi.
Turkmanistonda “Facebook”, “Twitter”, “Instagram”, “Odnoklassniki” va “Vkontakte” bloklandi!
Turkmaniston o‘zining “Biz byarde” ("Biz bu yerda", mualliflar uning qisqartirilgan varianti deb “Bi-Bi”dan ham foydalanishni taklif qilishgan) deb nomlangan ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirdi. Bu haqda "turon24" xabar bergan.
Turkmaniston Prezidenti yangi yil bazmida nevarasi bilan qo‘shiq kuyladi (video)
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov "Mizan" markazida yangi yil bayrami munosabati bilan uyushtirilgan bayram tadbirida nevarasi bilan Yangi yil qo‘shig‘ini ingliz, nemis va turkman tillarida ijro etib, royalda musiqasini chaldi.
Turkmanistonliklar hali hamon paxta terishmoqda
Turkmanistonda dekabr oyining ikkinchi yarmida ham paxta yig‘im terim kampaniyasi davom etmoqda. Mustaqil media nashrlarning xabarini mamlakat qishloq xo‘jalik kompleksiga ma’sul bo‘lgan bosh vazir o‘rinbosari Esenmurad Orazgeldiyev tasdiqladi.
Turkmanistonda «to‘ng‘iz yili»ni kutib olish taqiqlandi
Turkmaniston hukumati kelayotgan 2019 yilni Xitoy taqvimiga ko‘ra «to‘ng‘iz yili» deb nomlashni taqiqladi, deya xabar bermoqda ansar.ru nashri.
Ana holos! Prezidentning maxsus askari o‘zini osib o‘ldirdi
Ashhobodda prezident soqchilarining polkida xizmat qiluvchi askar o‘z joniga qasd qildi, deya xabar berdi “ca-news.org”.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov hukumat majlisiga velosipedda keldi (foto)
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov shanba kuni o‘tkazilgan hukumat majlisiga velosipedda keldi. Bu haqda hukumatning «Neytralniy Turkmenistan» gazetasiga tayanib, «RIA Novosti» xabar beradi.
Mirziyoyev va Berdimuhamedov savdo va energetika masalasini muhokama qilishdi
Bugun, 13 noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Ana xolos! Endi bitta oilaga faqat bitta non sotiladi
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida oxirgi haftada davlat do‘konlarida non yetishmovchiligi, xususiy savdo shoxobchalarida ushbu mahsulot narxining qimmatlashuvi kuzatilyapti. Bu haqda “Xroniki Turkmenistana” nashri xabar berdi.
Gurbanguli Berdimuhamedov hukumat majlisida shtanga ko‘tarish mahoratini namoyish etdi (video)
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat vazirlar mahkamasining majlisi chog‘ida hukumat a’zolariga o‘zining shtanga ko‘tarish mahoratini namoyish etdi.
Bosing, aka! Berdimuhamedov yarim million yevroga poyga avtomobili sotib oldi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov “Amul-Xazar” rallisida ishtirok etish uchun tayyorlangan mashina Germaniyadan sotib olingan bo‘lib, uning narxi 520 ming yevroga teng. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar bermoqda.