Markaziy Osiyo prezidentlari Yangi yil bayramini qanday kutib oladi?

Markaziy Osiyo prezidentlari Yangi yil bayramini qanday kutib oladi?

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ko‘p joylarga sevimli nevarasi Kerimguli bilan boradi. Kuni kecha Yangi yil oldidan uyushtirilgan tadbirda ishtirok etib, nevarasi yozgan qo‘shiqni birgalikda ijro etishdi.

Qozog‘iston rahbarining qizi Dariga Nazarboyeva so‘zlariga ko‘ra, Yangi yil kechasida oilaning barcha a’zosi birga yig‘iladi. Ular Yangi yilni kutib olish uchun prezidentning Olmaotadagi uyiga yo‘l olishadi.

Qozog‘istonliklarni hayratga soluvchi biror narsa yo‘q. Biz ham boshqa oilalar singari oddiy oila va odamlarmiz, xursandchilik qilamiz, birga yig‘ilishni yaxshi ko‘ramiz. Va albatta oyimiz tayyorlagan beshbarmoqni yeymiz , deydi Qozog‘iston prezidenti qizi.

Qirg‘iziston yetakchisi Sooronbay Jeenbekov ham bayramni oila davrasida qarshilashni ma’qul ko‘radi. U 2018 yilda Yangi yilni birinchi marta mamlakat rahbari sifatida kutib olgandi.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni 2016 yil oxirida rafiqasi bilan birgalikda Safed Dara kurortida chang‘i uchayotganini ko‘rishgan. O‘tgan yili esa u tojikistonliklarga tabrik yo‘llash bilan kifoyalangandi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili Yangi yilni oila davrasida nishonlangandi. Kelayotgan bayramni qanday kutib olishi esa hozircha ma’lum emas.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!