Turkmaniston
Ana xolos! Turkmaniston Prezidenti harbiylarga murabbo pishirishni buyurdi
Prezident xavfsizlik xodimlari bilan uchrashdi va huquqni muhofaza qilish organlariga bo‘ysunadigan iqtisodiy infratuzilmalar qanday rivojlanayotgani bilan tanishdi
Turkmanistonda o‘tkir pnevmoniya kasalligi tarqalmoqda
Turkmanistonda aholi orasida o‘tkir pnevmoniya bilan kasallanish holatlari kuzatilmoqda. Xususan, Ashxoboddagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi o‘tkir pnevmoniyaga chalingan bemorlar bilan to‘lib ketgan. Rasmiylar esa mamlakatda koronavirus yo‘qligini ta’kidlashda davom etmoqda.
Koronavirusdan "xoli" deyilayotgan Turkmaniston eng xavfli deb topildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbarining aytishicha, hududlarda infeksiya yana qayta jonlanmoqda.
Turkmaniston prezidenti Ashxobodda Velosiped monumentini ochdi va velopoygada qatnashdi
Ta’kidlanishicha, 2021 yilda Ashxobod Olimpiya shaharchasida velosiped sporti bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Turkmaniston O‘zbekistonning "koronavirusli buyumlari" sababli baliq ovini taqiqladi
Urug‘lanishning rasmiy davri tugaganiga qaramay, Toshhovuz va mintaqa aholisiga mahalliy suv havzalarida baliq ovlash taqiqlandi. Kanallar yoki drenaj kollektorlari qirg‘og‘ida baliq to‘ri bilan o‘tirgan baliqchilar polisiya va baliq nazorati xodimlari tufayli ovlash joyini tark etishga majbur bo‘lishmoqda. Bu haqda turkmen.news xabar berdi.
Turkmaniston Prezidenti 61 nafar o‘zbekistonlikni afv etdi
Ozod etilganlarning 59 nafari erkak va 2 nafari ayol
Turkmaniston barcha xalqaro aviareyslarni 20 iyungacha uzaytirdi
Shunga ko‘ra Ashxobod bilan Istanbul, Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Minsk, Olmaota, Frankfurt-Mayn, Birmingem, Amritsar, Dehli, Dubay, Abu-Dabi, Pekin, Bangkok orasidagi reyslar bekor qilindi.
Prezident Qadr kechasi munosabati bilan amnistiya e’lon qildi
Hujjatga muvofiq, ozodlikdan mahrum etish jazosiga va yashash joyini tark etishni cheklash tarzidagi jazoga mahkum etilgan 1192 nafar turkmanistonlik va 210 nafar xorij fuqarolari jazoni o‘tashdan ozod qilingan.
Turkmaniston prezidenti qarorgohini o‘zgartirdi. Nega?
Qayd etish kerakki, Turkmaniston COVID-19 bilan kasallanish holati qayd etilmagan sanoqli davlatlardan biri.
O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan chigirtkalar yopirilib o‘tmoqdami?
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan navbatdagi balo – chigirtkalar yopirilib kirib kelgani haqida turli xabarlar tarqamoqda. Shundoq ham bu yil turli tabiiy ofatlar, tabiat injiqliklari va qolaversa, karantin sabab qishloq xo‘jaligiga o‘ziga xos ta’sir o‘tkazishi mumkinligi aytilmoqda. Ana shunday sharoitda chigirtka balosi ekinzorlarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Turkmanistonda ilk zoomehmonxona ochildi
Mehmonxona xodimlari mehmonlarni parvarishlash, ovqatlantirish va uy hayvonining faol hayotini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa xizmatlarni amalga oshiradi.
Ashxobodda non olish uchun uzun navbatlar yuzaga keldi
Ashxobodliklar non o‘lchami kundan kunga kichrayayotgani, narxi esa o‘zgarmayotganidan shikoyat qila boshlagan.