Koronavirusdan "xoli" deyilayotgan Turkmaniston eng xavfli deb topildi

Koronavirusdan "xoli" deyilayotgan Turkmaniston eng xavfli deb topildi

Koronavirus infeksiyasi rasman tan olinmagan Turkmaniston COVID-19 xavfli tus olgan 200 ta davlat reytingida past ko‘rsatkichni qayd etgan.

Markaziy Osiyo davlatlaridan xavfliligi bo‘yicha Qozog‘iston 71, Qirg‘iziston 108, O‘zbekiston 121, Tojikiston 124-o‘rinda ko‘rsatilgan. 131-o‘rinda esa Turkmaniston qayd etilgan, ammo shu paytgacha mamlakatda koronavirus rasman tan olinmagan.

Eng xavfli hududlar deb Liberiya, Afg‘oniston, Chad, Mali, Ruanda va Janubiy Sudan tan olingan. Eng xavfsiz davlatlar qatoriga Shveysariya, Germaniya, Isroil, Singapur va Yaponiya kiritilgan.

Reyting karantin ta’sirlari, diagnostika, sog‘likni saqlash tizimining tayyorligi kabi 130 ta parametr bo‘yicha tuzilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbarining aytishicha, hududlarda infeksiya yana qayta jonlanmoqda.

Hozirgi holat

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 4547 taga yetgan, shundan 3459 tasi tuzalgan, 18 tasi vafot etgan. 1070 bemor davolanmoqda, ulardan 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!