Turkmaniston prezidenti qarorgohini o‘zgartirdi. Nega?

Turkmaniston prezidenti qarorgohini o‘zgartirdi. Nega?

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ota-onasiga koronavirus yuqtirmaslik uchun boshqa joyga ko‘chib o‘tdi. Berdimuhamedov kasal emas, shunchaki, o‘zini izolyasiya qilishga qaror qildi, deyiladi xabarda.

Qayd etish kerakki, Turkmaniston COVID-19 bilan kasallanish holati qayd etilmagan sanoqli davlatlardan biri.

Shuning uchun ham davlat rahbari ham yaqinlarini, ham o‘zini xavfli infeksiyadan saqlash uchun ulardan uzoqroqda bo‘lishga qaror qilgan. Prezidentning yangi qarorgohi Minish qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, u yaqinda qurilgan.

Prezident bilan yangi uyga oshpaz, qo‘riqchi va xizmatchilar ko‘chib o‘tishgan. Uning ota-onasi esa g‘arbroqda, Firuzda qolgan. Hozirda ular karantin qoidalariga qat’iy rioya qilyapti.

Shuningdek, Berdimuhamedov vazirlar bilan ham videoaloqa orqali muloqot qila boshlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!