Turkmaniston prezidenti Ashxobodda Velosiped monumentini ochdi va velopoygada qatnashdi

Turkmaniston prezidenti Ashxobodda Velosiped monumentini ochdi va velopoygada qatnashdi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxoboddagi Velosiped monumentini ochib berdi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, 2021 yilda Ashxobod Olimpiya shaharchasida velosiped sporti bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ochilish marosimidan keyin prezident ishtirokchilar bilan birga 12 kilometrlik velopoygada qatnashgan.

V stolise Turkmenistana otkrili monument velosipedu

Gurbanguli Berdimuhamedov o‘z nutqida ekologik va qiziqarli sport turi bo‘lgan velosiped sporti davlat aholisining salomatligini mustahkamlashda muhim rol o‘ynashini, shunga ko‘ra mamlakatda velosport bilan shug‘ullanuvchi odamlar soni ortib borayotganini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, 3 iyun – Butunjahon velosiped kuni. U butun dunyo bo‘ylab katta bayram sifatida nishonlab kelinadi.


 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!