Donald Tramp
Tramp va Kim Chen In uchrashadigan joy ma’lum bo‘ldi
AQSh prezidenti Donald Trampning shimoliy Korea yetakchisi Kim Chen In bilan ikkinchi uchrashuvi Vyetnamda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda dushanba, 28 yanvar kuni «Kommersant’» nashri ma’lum qildi.
Tramp advokati Rojer Stoun Floridada maxsus tekshiruv doirasida hibsga olindi
Robert Myulerning 2016 yilgi AQSh saylovlariga aralashuvi bo‘yicha maxsus vakilining tergoviga to‘sqinlik qilishida va WikiLeaks bilan bo‘lgan munosabatlariga nisbatan yolg‘on gapirishda ayblangan, uzoq vaqtdan beri respublikachilar strategiyasini olib boruvchi va prezident Donald Trampning ishonchli vakili Rojer Stounga ayblov e’lon qilindi.
Trampning kuyoviga maxfiy ma’lumotlarga kirish ikki marta rad etildi
AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi va Oq uy xavfsizlik xodimlari ikki marta prezident Donald Trampning kuyovi va katta maslahatchisi Jared Kushnerga chet elliklar bilan aloqasi mavjudligi tufayli maxfiy ma’lumotlarga kirish rad etilgan, deya xabar beradi «TASS».
"Taslim bo‘ldi": Tramp AQShdagi shatdaunni to‘xtatdi
AQSh prezidenti Donald Tramp 15 fevral muddatiga qadar qator idoralar uchun vaqtinchalik byudjetni tasdiqladi va bu bilan mamlakat tarixidagi eng uzoq shatdaunga chek qo‘ydi, deb xabar qildi Oq uy.
Mashhur aktyor Trampni masxaraboz deb atadi
“Belfast telegraf” nashriga bergan intervyusida taniqli aktyor Kristian Beyl AQSh prezidenti Donald Trampni mazxaraboz deb atadi.
Nahotki? Tramp suratlarini fotoshop orqali "tuzatishi" aniqlandi (foto)
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Instagram va Facebookdagi sahifalariga qayta ishlangan suratlarni joylashtirishi "fosh etildi".
Kongresmenlar Trampga NATOdan chiqishni ta’qiqlab qo‘ydi
AQSh kongressi vakillari ko‘pchilik ovoz bilan prezident Donald Trampning NATOdan chiqish uchun davlat mablag‘larini sarf qilishini ta’qiqlovchi qonunni qabuld qildi. Bu qaror barcha partiyalar vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
OAV: demokratlar Trampning byudjet inqirozidan chiqish haqidagi yangi taklifini rad etishmoqchi
AQSh Demokratik partiyasi agarda prezident Donald Tramp migrantlarni deportasiya bo‘lishdan himoya qilishni uzaytiruvchi qonun qabul qilinishi evaziga Meksika bilan chegarada devor qurilishiga pul ajratilishini taklif qiladigan bo‘lsa, bu taklifni qabul qilmaydi.
Tramp AQSh delegasiyasining Davosdagi forumga borishini ta’qiqladi
AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika delegasiyasining Davosdagi butunjahon iqtiqodiy forumiga borishini bekor qildi. bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders OAVga ma’lum qildi.
Kim Chen In Donald Trampga maktub jo‘natdi
2018 yilning dekabr oyida Amerika yetakchisi KXDR rahbari bilan yanvar yoki fevral oyida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv to‘g‘risida ma’lum qilgan edi.
AQSh senatorlari Putin bilan suhbatlarda qatnashgan Trampning tarjimonini so‘roq qilishmoqchi
Demokrat senatorlar Bob Menendes hamda Jek Rid AQSh hamda RF prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvida ishtirok etgan tarjimonni so‘roqqa tortish uchun ruxsat so‘rab Oq uyga murojaat bilan chiqdi.
AQSh administrasiyasi 50 ming xizmatchini majburiy ta’tildan chaqirib oldi
Amerika prezidenti Donald Trampning administrasiyasi hukumat ishlarining vaqtincha to‘xtab qolishi munosabati bilan 50 mingga yaqin xizmatchilarni majburiy haq to‘lanmaydigan ta’tildan chaqirib oldi, deb xabar bermoqda Washington Post gazetasi.