Tramp AQSh delegasiyasining Davosdagi forumga borishini ta’qiqladi

Tramp AQSh delegasiyasining Davosdagi forumga borishini ta’qiqladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika delegasiyasining Davosdagi butunjahon iqtiqodiy forumiga borishini bekor qildi. bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders OAVga ma’lum qildi.

800 ming amerikalik ishchi maosh olmayapti, jamoa kerakli yordamni ko‘rsatish uchun to‘xtatib qolindi , - deb izoh bergan u AQShda bir oydan buyon davom etayotgan majburiy ishdan bo‘shatish jarayoniga ishora qilib.

Davosga moliya vaziri Stiven Mnichun, bosh kotib Mayk Pompeo, savdo vaziri Uilbur Ross, AQSh savdo-sotiq vakili Robert Laytxayzer, shuningdek, Oq uy apparati siyosiy muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqaruv o‘rinbosari Kris Liddell tashrif buyurishi rejalashtirilgan edi.

Tramp sal avvalroq o‘zining Shveysariyaga tashrifini bekor qilgani haqida ma’lum qilgan edi.

Davosdagi forum 22-25 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadiyu

Amerikalik 800 ming davlat xizmatchisi, ulardan teng yarmi haligacha xizmat vazifasini bajarayotganiga qaramay, 11 yanvardan boshlab oylik maosh olmaydi. Hukumat faoliyatidagi qisman to‘xtalishlar (shatdaun) 22 dekabr kuni boshlangan bo‘lib, mamlakat atrixidagi eng uzoq davom etgan kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shatdaun AQSh Kongressidagi Meksika bilan chegara devorini qurish bo‘yicha turlicha qarashlar sabab yuzaga kelgan.

lenta.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!