Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari ham ishdan olindi

Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari ham ishdan olindi

Ulug‘bek Oxunov va viloyat prokurori O‘ktam Saidovning lavozimidan ozod etilishiga boshqa ishga o‘tkazilishi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Avvalroq, Surxondaryo viloyat prokurori O‘ktam Saidov lavozimidan ozod etilib, uning o‘rnini Denov tumani hokimi Ulug‘bek Berdiqobilovich Qosimov egallagandi. 
Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Abdumutalovich Oxunov ham lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilingan.
Viloyat hokimi o‘rinbosari Ulug‘bek Oxunov va viloyat prokurori O‘ktam Saidovning lavozimidan ozod etilishiga boshqa ishga o‘tkazilishi sabab qilib ko‘rsatilgan. 
Shu kungacha viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Rahmatulla Boboxonovich Gapparov Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!