Surxondaryo
«Katta tanishi»iga «orqa qilgan» surxondaryolik rahbar ishdan olindi
Surxondaryo viloyati gazlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Erkin Murodov lavozimidan ozod etildi.
Surxondaryo viloyati hokimi kursini bo‘shatib qo‘ydi
Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov lavozimidan ozod etilgan. Yig‘ilish 1 aprelda bo‘lib o‘tgan, Minbar manbasining xabariga ko‘ra, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov vaqtincha hokim vazifasini bajarib turibdi.
“Alpomish” dostonining yangi varianti yaratildi
Termiz shahrida “Alpomish” dostonining O‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov ijrosidagi varianti asosida chop etilgan kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
«Yurtin doston etar baxshi» — Dehqonobodda baxshichilik festivali qanday o‘tdi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 noyabrdagi “Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga ijrosini ta’minlash maqsadida Dehqonobod tumanida “Yurtin doston etar baxshi” deb nomlangan davra suhbati hamda festival o‘tkazildi.
Surxondaryolik yigit milisiya xodimlari uni urib, burnini sindirganini aytmoqda (foto)
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida yashovchi Akmal Esanov shu yilning 27 fevral sanasida uch nafar milisiya xodimi uni kaltaklab, burnini sindirganini aytmoqda. Yigitning aytishicha, u milisiya xodimlari tomonidan haqorat qilinayotgan otasini himoya qilmoqchi bo‘lganida xodimlar uni kaltakla ketishgan.
Sevgi maktubi: o‘zbekistonlik ayol 19 asrda yasalgan zargarlik buyumini olib chiqishga urindi
Termiz aeroporti bojxonachilari XIX asrda yasalgan zargarlik buyumini olib chiqishga bo‘lgan urinishni oldini olishdi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Alkogol va sigaret surxondaryolik erkakning boshiga yetdi
25 mart kuni Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani Galaguzar mahallasida yashagan B.N.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in qisqa muddatda o‘chirilgan.Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Surxondaryodagi dehqon bozorida qon to‘kildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, O.M. kasalxonaga yotqizilgan. A.K. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgar o‘qituvchi va tovlamachi qiz bilan bog‘liq jinoyat tafsilotlari
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani “Obod turmush” mahallasida yashovchi maktab o‘qituvchisi Nozima Gulboyeva(ism-shariflar o‘zgartirildi)ning nopok qilmishlarini Termiz shahrida yashovchi hamkasbi Go‘zal Ishonova ichki ishlar idorasiga murojaat etib, fosh qildi.
IIV odam o‘g‘irlashning yangi usuli haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Surxondaryo viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi. DIQQAT!” deb boshlanib, bir qancha grammatik xatoliklar bilan tarqatilgan e’lon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tayyorlanmaganligini ma’lum qilamiz.
O‘ziga o‘t qo‘ygan surxondaryolik erkakka tuman hokimi qanday yordam berdi?
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda asosiy muhokama mavzuiga aylangan Surxondaryolik fuqaroning prezident Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan murojaati haqida xabar bergan edik. Bir ozdan so‘ng fuqaro unga qanday yordam berayotganliklari haqida videomurojaatda gapirtirilib, hokimlikning feysbukdagi sahifasiga joylashtirildi. Videomurojaatda fuqaroga qanday yordam berilayotganligi misollar bilan keltirib o‘tilmaganligi bois, ko‘pchilikda savol tug‘dirgan edi.
Toshkent-Termiz yo‘lida Nexia yonib ketgan. Hodisa tafsilotlari
3 mart kuni Sirdaryo viloyati M-39 yo‘lining Toshkent-Termiz 937-km.da harakatlanib ketayotgan 52 yoshli fuqaro SH.X. boshqaruvida bo‘lgan Nexia avtomobilining motor qismida nosozlik sezib, to‘xtagan vaqtida avtomobilda yong‘in sodir bo‘lgan. Davlat yong‘in xavfsizlik xizmati matbuot xizmati hodisa tafsilotlarini ochiqladi.