Surxondaryo viloyati hokimi kursini bo‘shatib qo‘ydi

Surxondaryo viloyati hokimi kursini bo‘shatib qo‘ydi

Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov lavozimidan ozod etilgan. Yig‘ilish 1 aprelda bo‘lib o‘tgan, Minbar manbasining xabariga ko‘ra, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov vaqtincha hokim vazifasini bajarib turibdi.

Shu kunlarda Surhondaryoda 5-10 aprelda bo‘lib o‘tadigan xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik ishlari qizg‘in ketmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda Bahodir Po‘latov shu tashkiliy ishlar va boshqa rasmiy tadbirlar, yig‘ilishlarda qatnashmagan.

Toshkent viloyati prokurori bo‘lib ishlagan Bahodir Po‘latov 2018 yilda Surxondaryo viloyatiga hokim etib tayinlangandi. Viloyatning oldingi hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand viloyatiga rahbar bo‘lib ketgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!