Vladimir Putin
Tramp o‘zi uchun eng katta xavf nimaligini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Federal zaxira tizimi tomonidan tayanch foiz stavkasini oshirish siyosatini o‘zining prezident lavozimidagi muvaffaqiyatlari uchun eng katta xavf deb hisoblashini aytdi. Bu haqda u Fox Business nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Tramp qayta saylanishiga qancha mablag‘ yig‘a olgani ma’lum qilindi
AQSh prezidenti Donald Tramp 2020 yilgi saylov kampaniyasiga 100 mln dollardan ko‘proq mablag‘ yig‘a oldi. Bu haqda Federal saylov komissiyasi ma’lumotlariga iqtibos keltirgan holda CNN telekompaniyasi ma’lum qildi.
O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelayotgan Vladimir Putinning tashrif dasturi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 18 oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Tramp iqlim o‘zgarishlariga e’tibor bermasligini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp CBS telekanaliga bergan intervyusida iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini bartaraf etish uchun trillion dollarlarni yo‘q qilishni istamasligini aytdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Donald Tramp: Jurnalist o‘ldirilgan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni qattiq jazolanadi
AQSh Prezidenti Donald Trampning aytishicha, agar saudiyaliklar jurnalist Jamol Xoshuqjini Turkiyadagi konsullikda o‘ldirgani aniqlansa, Saudiya Arabistonini «qattiq jazo» kutmoqda.
«Biz buning tagiga yetamiz va jazo qattiq bo‘ladi», - dedi prezident «SBS» telekanaliga bergan intervyusida.
Pastor Branson ozod etilgach Erdo‘g‘an Trampga murojaat qildi
Izmir sudi amerikalik pastor Endryu Bransonni ozod qilgach “Turkiya sudi o‘z qarorlarini mustaqil ravishda chiqaradi”, deb yozgan o‘z Tvitterida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQShlik hamkasbi Donald Trampga murojaat qila turib.
Melaniya Tramp erining nikohdan tashqari munosabatlari uni tashvishlantirmasligini aytdi
AQSh prezidentining rafiqasi Melaniya Tramp OAVdagi uning erining nikohdan tashqari munosabatlari haqidagi xabarlar uni tashvishlantirmasligini aytdi. Melaniyaning ishonch bilan aytishicha, bular shunchaki mish-mishlar va spekulyasiya hisoblanadi. Bu haqda EADaily xabar berdi.
Tramp Turkiyada ozod qilingan pastor bilan uchrashadi
AQSh prezidenti Donald Tramp, Turkiyada ozod qilingan pastor Endryu Branson Oq Uyga tashrif buyurishi xaqida bayonot berdi. Bu haqda NBC News xabar bermoqda.
OAV: Trampning rafiqasi o‘zini dunyodagi "eng tahqirlangan inson" deb hisoblaydi
AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp o‘zini dunyodagi eng tahqirlangan insonlardan biri deb hisoblaydi. Bu haqda ABC News xabariga tayanib Daryo.uz ma’lum qildi.
Melanya Tramp turmush o‘rtog‘ining telefonini yashirib qo‘ydi
AQShning birinchi xonimi Melanya Tramp turmush o‘rtog‘i ijtimoiy tarmoqlardan, ayniqsa, Tvitterdan ko‘p foydalangani uchun uning qo‘l telefonini yashirib qo‘ygan.
Ana xolos! Jinsiy zo‘ravonliklarda ayblangan erkak Oliy sudya etib tayinlandi
Jim Kerri “The New Yorker Festival” tadbirida chiqish qildi.
OAV: Obamada 2016 yilgi saylovlar bo‘yicha maxfiy reja bo‘lgan
AQSh sobiq prezidenti Barak Obama 2016 yilda prezidentlikka nomzod Donald Tramp mag‘lub bo‘lganida va saylov natijalarini qabul qilishdan bosh tortgan taqdirda, o‘ziga reja tayyorlab qo‘ygan, deb yozmoqda New York Magazine Obamaning ikki nafar sobiq maslahatchisi - kommunikasiyalar bo‘yicha sobiq yordamchi Jennifer Psaki va uning spichrayteri Ben Roudsga tayangan holda.