OAV: Obamada 2016 yilgi saylovlar bo‘yicha maxfiy reja bo‘lgan

OAV: Obamada 2016 yilgi saylovlar bo‘yicha maxfiy reja bo‘lgan

AQSh sobiq prezidenti Barak Obama 2016 yilda prezidentlikka nomzod Donald Tramp mag‘lub bo‘lganida va saylov natijalarini qabul qilishdan bosh tortgan taqdirda, o‘ziga reja tayyorlab qo‘ygan, deb yozmoqda New York Magazine Obamaning ikki nafar sobiq maslahatchisi - kommunikasiyalar bo‘yicha sobiq yordamchi Jennifer Psaki va uning spichrayteri Ben Roudsga tayangan holda.

Obamaning spichrayter Ben Roudsning jurnalga ma’lum qilishicha, ma’muriyatda o‘sha vaqtda xavotirlar uchun jiddiy sabablar bo‘lmagan, sababi Xillari Klinton g‘alaba qozongan taqdirda, Tramp saylov natijalarini qabul qilmagan bo‘lardi.

«Bu gipotetik vaziyat emas edi. O‘shanda Trampning o‘zi saylovoldi kampaniyasida bu haqda gapirdi», - dedi Rouds.

2016 yilgi saylovlarda Tramp saylovlar soxtalashtirilishi mumkinligi haqida o‘z taxminlarini ochiq bildirgandi.

Xususan, Obamaning rejasini yaratishga Amerika sobiq prezidentlari, respublikachi kongressmenlar, yuqori mansabdor shaxslar va hattoki AQSh sobiq davlat kotibi Kondoliza Rays jalb etilgan bo‘lib, unda saylov natijalarini tasdiqlash orqali siyosiy inqirozni bartaraf etishga urinish nazarda tutilgan edi.

Taxminlarga ko‘ra, agar Tramp Klintonning g‘alabasi bo‘yicha e’tiroz bilan chiqsa, unda ular natijani, shuningdek, AQSh razvedka hamjamiyatining «Rossiya aralashuvi» Klintonga emas, balki Trampga yordam bergani haqidagi xulosalarini tasdiqlashi ko‘zda tutilgan, deyiladi materialda. Ta’kidlanishicha, prezidentlik saylovlaridan oldin ayrim respublikachilar Rossiyaning aralashuvi haqida Amerika razvedkasi brifinglari orqali yaxshi bilgan.

Rossiya AQSh saylov jarayoniga aralashuvni rad etib keladi.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!