Melanya Tramp turmush o‘rtog‘ining telefonini yashirib qo‘ydi

Melanya Tramp turmush o‘rtog‘ining telefonini yashirib qo‘ydi

AQShning birinchi xonimi Melanya Tramp turmush o‘rtog‘i ijtimoiy tarmoqlardan, ayniqsa, Tvitterdan ko‘p foydalangani uchun uning qo‘l telefonini yashirib qo‘ygan, deya xabar beradi «Haber7.com» sayti.

«Men turmush o‘rtog‘im Donald Trampning ijtimoiy tarmoqlardan ko‘p foydalanishiga qarshiman. Buni o‘ziga ham bir necha marta aytdim. Oxirgi chora sifatida uning qo‘l telefonini yashirib qo‘yishga qaror qildim», – degan Melanya Tramp.

Trampning «Twitter»dagi sahifasini 55 million foydalanuvchi kuzatib boradi. U har kuni sahifasida faoliyati bilan bog‘liq xabarlarni qayd etib boradi.

Xabar.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!