AKSh

Obama Trampning iqtisodiy yutuqlari to‘g‘risida: «Hammasi men tufayli»!

AQSh sobiq prezidenti Barak Obamaning ma’lum qilishicha, Amerika yetakchisi Donald Tramp tez-tez tilga oladigan iqtisodiy o‘sish uning prezidentlik muddati vaqtida boshlangan. Bu haqda CBS telekanali xabar qilmoqda.

Erdo‘g‘an va Tramp Qoshiqchi masalasi bo‘yicha telefon orqali suhbatlashdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi masalasi borasida telefon orqali suhbatlashdi.

Lavrov: Rossiya AQShdan izoh kutmoqda

Moskva Vashingtondan Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning AQSh O‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalar to‘g‘risidagi bitimdan (O‘KMR) chiqishi haqidagi bayonoti bo‘yicha izoh kutmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.

OAV: Tramp Xitoyga qarshi boj tartibini yumshatish niyatida emas

RIA Novostining "Axios" portaliga asoslanib ma’lum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyga qarshi boj tartibini yumshatish niyatida emas. 

Moskvaga Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi kelgani xabar qilindi

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Moskvaga keldi, deb xabar qildi RIA Novosti diplomatik manbaga asoslanib.

Bryus Uillis yer-mulkini sotib, o‘n mln. dollar zarar ko‘rdi

Amerikalik aktyor Bryus Uillis Aydaho shtatidagi yer-mulkini sotib yubordi, deb xabar qildi Lenta.ru nashri.

Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi raqibini ham nokautga uchratdi

Olimpiya o‘yinlari chempioni, ayni paytda professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov AQShning Las-Vegas shahrida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. U hisob bo‘yicha oltinchi jangida amerikalik Uilbert Lopesga qarshi ringga ko‘tarildi.

Er yuzidagi eng kelishgan jinoyatchi milliarderning qiziga uylanmoqda

Dunyoga eng chiroyli jinoyatchi sifatida mashhur bo‘lgan 34 yoshli Jeremi Miks “Topshop” imperiyasining 27 yoshli vorisi Xloye Grin bilan turmush qurmoqchi. U bu haqda “Us Weekly” jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Yangicha baholash mezonini o‘ylab topgan o‘qituvchi olqishlarga sazovor bo‘ldi

Amerikalik o‘rta maktab o‘qituvchisi Ayne Fotima o‘quvchilarning sinovli ishlarini memlar bilan baholashga qaror qildi. Bu haqda u Tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Tramp AQSh raketalarni yo‘q qilish kelishuvidan chiqishini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Sobiq ittifoq bilan tuzilgan O‘rta va kam masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish kelishuvidan chiqishini ma’lum qildi.  

Donald Tramp Jamol Qoshiqchining o‘limi yuzasidan Ar-Riyod bergan bayonotning «ishonchga loyiq»ligini ta’kidladi

AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalist Jamol Qoshiqchining Saudiyaning Istanbuldagi konsulxonasida o‘ldirilganligini tan olishiga munosabat bildirdi, deb xabar beradi «RIA Novosti».

Melaniya Trampning samolyoti bilan favqulodda vaziyat yuz berdi

AQSh prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melaniya Tramp uchib ketayotgan samolyot texnik muammo sababli “Endryus” bazasiga qaytishiga to‘g‘ri keldi. Nosozlik samolyot salonidagi tutashga sabab bo‘lgan. Samolyotda birinchi xonim bilan birga jurnalistlar ham bo‘lgan.