Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi raqibini ham nokautga uchratdi

Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi raqibini ham nokautga uchratdi

Olimpiya o‘yinlari chempioni, ayni paytda professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov AQShning Las-Vegas shahrida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. U hisob bo‘yicha oltinchi jangida amerikalik Uilbert Lopesga qarshi ringga ko‘tarildi.

Fazliddin G‘oibnazarov sakkiz raundga mo‘ljallangan jangning ikkinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratdi va navbatdagi g‘alabasini nishonladi.

Shu tariqa, Fazliddinning professional ringda g‘alabali seriyasi 6taga yetdi. U o‘z janglarining barchasida g‘alaba qozongan, janglarning 3tasida raqiblarini nokaut evaziga mag‘lub etgan.

Lopes esa bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda professional ringda 35-jangini o‘tkazdi. U janglarining 23tasida g‘alaba qozongan. 15tasida raqiblarini nokautga uchratgan. 10ta to‘qnashuvda esa mag‘lubiyatga uchragan. 2ta jangda muddatidan oldin yutqazib qo‘ygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!