Zulfiqor Musoqov "Osmondagi bolalar" filmining davomini suratga oladi

Zulfiqor Musoqov "Osmondagi bolalar" filmining davomini suratga oladi

Rejissyor Zulfiqor Musoqov "Osmondagi bolalar" filmining davomini suratga olmoqchi. Bu haqda rejissyorning o‘zi feysbukdagi sahifasida ma’lum qildi.

"Hurmatli "Osmondagi bolalar" va "Osmondagi bolalar 2" filmimizning muxlislari! Salkami yigirma yil oldin "O‘zbekfilm" studiyasida yaratilgan filmimizga bo‘lgan sevgingiz uchun tashakkur. Bir yil davomida yuzlab emas, minglab tomoshabinlarning iltimoslariga ko‘ra men "Osmondagi bolalar 3 — Yerdagi erkaklar" ssenariysini bugun tugatdim va yaqin kunlarda "O‘zbekkinoga" topshiraman. Xudo xohlasa va to‘sqinliklar bo‘lmasa, filmni olarmiz ham...", — deb yozadi Zulfiqor Musoqov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!