Zimbabve prezidenti o‘g‘li va jiyanini vazir o‘rinbosarlari etib tayinladi

Zimbabve prezidenti o‘g‘li va jiyanini vazir o‘rinbosarlari etib tayinladi

Zimbabve prezidenti Emmerson Mnangagva o‘z o‘g‘lini mamlakat moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlaganidan so‘ng noroziligiga uchradi, deya xabar beradi CNN.

Mnangagvaning 34 yoshli o‘g‘li Devid, keng tarqalgan noroziliklarga qaramay, seshanba kuni vazirlar mahkamasining yangi vazirlari sifatida qasamyod qilgan 26 amaldor orasida edi. Nomzodlar ro‘yxati dushanba kuni e’lon qilindi.

Mnangagvaning o‘g‘li moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan, uning jiyani Tongay esa mamlakat turizm vaziri o‘rinbosari lavozimini egallaydi.

Ayrim fuqarolar Mnangagvani mamlakatni «oilaviy biznes» kabi boshqarayotganlikda ayblayapti.

Zimbabve prezidenti Emmerson Mnangagva shu yil avgust oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan so‘ng ikkinchi muddatga qayta saylandi va xalqaro kuzatuvchilar bu saylov demokratik standartlarga javob bermasligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!