Zidan «Real»ga qaytish uchun o‘z shartlarini aytdi

Zidan «Real»ga qaytish uchun o‘z shartlarini aytdi

«Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Zineddin Zidan yana Madrid klubiga qaytishni istamoqda.

Defensa Central xabariga ko‘ra, fransiyalik mutaxassis yozda «Real»ga qaytish uchun klub rahbariyati oldiga ikki shartini qo‘ygan. Zidan uzoq yillik orzusi Fransiya milliy jamoasini boshqarish uchun kamida Yevro-2024 yakunini kutishiga to‘g‘ri kelishini tushunib turibdi. Shu bois «Real»ga uchinchi marta qaytishni istamoqda.

Qayd etilishicha, Zineddin Madrid jamoasida yangi mavsum oldidan ish boshlash uchun murabbiylar shtabiga jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassis Gregori Dyuponni qo‘shib olish va yozda klubni tark etishi kutilayotgan Eden Azarni tarkibda qoldirish shartini qo‘ygan. Belgiyalik futbolchi Madrid klubiga aynan Zidan jamoani boshqargan davrda taklif etilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!