Zelenskiy «urushning Rossiya hududiga ko‘chirilishini» e’lon qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning aytishicha, bugun Ukraina Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy unga frontdagi vaziyat va «urushning tajovuzkor hududiga ko‘chirilishi haqida bir necha bor ma’lum qilgan.»
«Ukraina haqiqatan ham adolatni qanday tiklashni bilishini isbotlamoqda va aynan shunday bosim – tajovuzkorga bosimni kafolatlaydi», dedi Zelenskiy.
Bu bayonot Ukraina armiyasi kirib kelganidan keyin 6 avgustdan beri janglar davom etayotgan Kursk viloyatidagi voqealar fonida aytildi. Ukraina tomoni nima bo‘layotganiga rasman izoh bermadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)