Zelenskiy Rossiyani BMT Xavfsizlik Kengashida veto huquqidan mahrum qilishga chaqirdi

Zelenskiy Rossiyani BMT Xavfsizlik Kengashida veto huquqidan mahrum qilishga chaqirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT Bosh assambleyasi sessiyasidagi video nutqida Rossiyani tashkilot Xavfsizlik kengashida veto huquqidan mahrum etishga chaqirdi, deb yozadi “TASS”.

Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi maxsus operasiya munosabati bilan “[Rossiyani] ovoz berish huquqidan mahrum qilish, delegasiyalar yuborish huquqidan mahrum qilish, agar u BMT Xavfsizlik a’zosi bo‘lsa, veto huquqidan mahrum qilish kerak". Zelenskiy “Rossiyani jazolash tinchlik formulasining bir qismi bo‘lishi kerakligini” ta’kidladi, unda u xalqaro tashkilotlarda yakkalanib qolishdan tashqari, sanksiyalar, savdoni blokirovka qilish va zararni qoplashni ham o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, Ukraina prezidenti Rossiya bilan muzokaralar olib borish imkoniyatini istisno qildi. “Ular muzokaralar haqida gapirishadi, o‘zlari harbiy safarbarlik olib borish bilan birga, muzokaralar haqida gapirishadi va o‘zlari soxta referendumlarni e’lon qilishadi. Men Ukraina tomonidan taqdim etilgan tinchlik formulasidan boshqa asosda yechim topilishini istisno qilaman”, dedi u.

Zelenskiy, shuningdek, Ukraina hali ham “mudofaa yordami, harbiy texnika va o‘q-dorilar”, shuningdek, moliyaviy yordamga muhtojligini eslatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!