Zelenskiy: "Putin tirik ekanligiga shubham bor"

Zelenskiy: "Putin tirik ekanligiga shubham bor"

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara qilishdan bosh tortdi, chunki u Rossiya Federasiyasi rahbari tirik ekanligiga ishonchi komil emas.

Zelenskiy bu haqda 19 yanvar, payshanba kuni ertalab Davosdagi yig‘ilishda aytib o‘tdi.

«Bugun men kim bilan gaplashishni va nima haqida gaplashishni unchalik tushunmayapman. Ba’zida xromakeyda (matodan qilinib, foto va video s’yomka uchun mo‘ljallangan yashil rangdagi orqa fon) paydo bo‘ladigan Rossiya prezidenti o‘zi ekanligiga ishonchim komil emas. Uning tirikligini unchalik tushunmayapman. U qarorlarni qabul qiladimi yoki kimdir qaror qabul qiladimi? Bu odamlar doirasi kim? Menda hech qanday ma’lumot yo‘q», dedi Ukraina prezidenti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!