Zelenskiy NATO davlatlarini xuddi Isroilni Eron hujumi paytida himoya qilganidek, Ukrainani ham himoya qilishga chaqirdi

Zelenskiy NATO davlatlarini xuddi Isroilni Eron hujumi paytida himoya qilganidek, Ukrainani ham himoya qilishga chaqirdi

Vladimir Zelenskiy NATO davlatlarini xuddi Isroilni Eron hujumi paytida himoya qilganidek, Ukrainani ham himoya qilishga chaqirdi.

Ukraina prezidentining ta’kidlashicha, yetarlicha samarali havo mudofaasi Ukraina energetika infratuzilmasining muhim ob’ektlarini hujumlardan himoya qila oladi, biroq Rossiya hujumlarining intensivligi yanada birdamlik bilan harakat qilishni talab qiladi.

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Ukrainaga Rossiya havo hujumlarini qaytarishda yordam berish “mojaroning kuchayishiga olib kelishini” bildirdi

“Agar biz butun Yevropa bo‘ylab tarqalayotgan urushning oldini olishni istasak, menimcha, Rossiya va NATO o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvdan qochishimiz kerak", — deya izohlaydi Devid Kemeron Britaniyaning LBC radiosiga bergan intervyusida.

AQSh Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ham NATO davlatlari Eron raketalarini urib tushirganini, biroq Rossiya raketalariga qarshi bunday harakatlar sodir bo‘lmasligini ma’lum qildi.

"Turli mojarolar, turli havo kengliklari, turli tahdidlar manzarasi. Prezident Jo Bayden Ukrainadagi urushning boshidanoq Qo‘shma Shtatlar unda “jangovar rolda” qo‘shilishni niyat qilmaganini ochiq aytgan edi", — deya ta’kidladi Kirbi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!