Zelenskiy Moldovaga keldi

Zelenskiy Moldovaga keldi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 1 iyun kuni Moldovada bo‘lib o‘tadigan Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammitiga tashrif buyurdi.

Zelenskiy Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammiti bo‘lib o‘tayotgan Bulboaka qishlog‘idagi “Mimi qal’asi”ga yig‘ilish mezboni Moldova prezidenti Mayya Sandudan keyin birinchi bo‘lib keldi.

Sammitda ellikka yaqin Yevropa prezidenti va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ukraina prezidentining sammitda shaxsan ishtirok etishi xavfsizlik nuqtai nazaridan oxirgi paytgacha rasman tasdiqlanmadi. Moldova Ichki ishlar vazirligi Zelenskiyning ishtiroki haqidagi ma’lumotlar Ukraina prezidentining zudlik bilan xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq holda maxfiy bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Chorshanba kuni ertalab Zelenskiyning sammitdagi ishtirokini Moldova tashqi ishlar vaziri Niku Popesku tasdiqlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!