Yurtimizda birinchi bo‘lib Mirishkor tumanida hokimning elektron qarori qabul qilindi

Yurtimizda birinchi bo‘lib Mirishkor tumanida hokimning elektron qarori qabul qilindi

Adliya vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, vazirlik tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron – «E-qaror» tizimi sinov tariqasida ishga tushirilgan edi.

Bugun Qashqadaryo viloyat hokimidan so‘ng nafaqat viloyatda, yurtimizdagi barcha tumanlar ichida Mirishkor tumanida birinchi bo‘lib, Adliya bo‘limidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazgan holda, hech qanday qog‘ozlarsiz, «E-qaror» elektron tizimi orqali tuman hokimining "Mirishkor tumanida dam olish kunlari yarmarkalarni tashkil etishni samarali yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi normativ tusdagi qarori qabul qilindi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!