Yurtimizda 1 million 300 ming tonna tolani qayta ishlash quvvati bor

A A A
Yurtimizda 1 million 300 ming tonna tolani qayta ishlash quvvati bor

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ta’kidlanganidek, to‘qimachilik korxonalari uchun eng katta masalalardan biri bu – xomashyo.

Yurtimizda 1 million 300 ming tonna tolani qayta ishlash quvvati bor. Keyingi 2 yilda yangi loyihalar hisobiga ushbu quvvatlar 1,5 million tonnaga yetadi. Lekin hozirda 1 million tonnaga yaqin tola ishlab chiqarilmoqda.

Bunday sharoitda yakkayu-yagona yo‘l – paxta yetishtirish tannarxini kamaytirish va hosildorlikni oshirish shartligi ta’kidlandi.

Bundan buyon viloyatda qayta ishlashni birinchi va ikkinchi zanjiri bor to‘qimachilik korxonasi paxta xomashyosini fermerdan bozor narxida sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi va o‘z vaqtida yakuniy hisob-kitobni amalga oshiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!