Yo‘qolsin o‘sha Cherchill nutqi bilan birga!

Yo‘qolsin o‘sha Cherchill nutqi bilan birga!

Afsonalarga ko‘ra, bir kuni Uinston Cherchill xalq bilan muloqot qilish uchun radio stansiyasiga borayotgan bo‘lgan. U taksi chaqirtiribdi va radio binosining oldiga kelganida, taksichidan uni yarim soat kutib turishini, keyin yana uni ortga eltib qo‘yishini iltimos qilibdi.

Taksi haydovchisi Cherchillni tanimabdi. Haydovchi bugun radioda Cherchillning nutqini eshitishga uyga juda shoshilayotganini, yarim soat kutib tura olmasligini aytibdi.

Cherchill taksichining bu gapini eshitib, xursand bo‘lib ketibdi va kelishilganidan ko‘ra ancha ko‘proq pul uzatibdi. Taksi haydovchisi bir qo‘lidagi pulga, bir Cherchillga qarab: "Yo‘qolsin o‘sha Cherchill nutqi bilan birga! Undan ko‘ra, shu yerda sizni kutib tura qolaman!" debdi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!