Yo‘l qurish va ta’mirlash ishlarida 34 trln 575 mlrd so‘mlik mablag‘lar samarasiz va noqonuniy sarflangan(mi?)

Yo‘l qurish va ta’mirlash ishlarida 34 trln 575 mlrd so‘mlik mablag‘lar samarasiz va noqonuniy sarflangan(mi?)

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi 34,5 mlrd so‘m mablag‘ noqonuniy sarflangani haqidagi ma’lumotlarga munosabat bildirdi.

Qo‘mitaning munosabatida ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlardagi materiallarda yo‘l ishlarini amalga oshirish uchun 2021 yil va 2022 yilning I yarim yilligida Jamg‘arma tomonidan jami 13,3 trln so‘m ajratilganligi bayon etilgan bo‘lsa-da, 34,5 trln so‘mlik mablag‘lar samarasiz va noqonuniy sarflangan deb ko‘rsatilishi mantiqan noto‘g‘ri.

Qo‘mitaning matbuot xizmati tomonidan olib borilgan tushuntirishlardan so‘ng ayrim saytlardagi ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilib, "34,5 trln so‘m" jumlasi "34,5 mlrd so‘m" jumlasiga o‘zgartirildi.

O‘z navbatida, ushbu 34,5 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘larning samarsiz ishlatilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilib, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasidan ma’lumotlar olindi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 34,5 mlrd so‘mdan 12,1 mlrd so‘m (36%) qismi respublika yo‘l xo‘jaligi tizimiga taalluqli bo‘lmagan korxonalar va ob’ektlarga tegishlidir.

Qolgan 22,4 mlrd so‘m mablag‘ning 15,8 mlrd so‘m (71%) qismi o‘z tasdig‘ini topmadi.

Qolgan 6,6 mlrd so‘m miqdoridagi yo‘l ishlarini bajarish bilan bog‘liq aniqlangan kamchiliklar tekshiruv jarayonida to‘liq bartaraf etilgan hamda tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, aniqlangan kamchiliklar orasida Jamg‘arma mablag‘larini talon-taroj qilish holatlari aniqlanmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!