Yuk mashinasi Oq uy yaqinidagi xavfsizlik to‘sig‘iga borib urildi

Yuk mashinasi Vashingtondagi Oq uy yaqinidagi Lafayet-skver hududidagi himoya to‘sig‘iga borib urildi. Haydovchi hibsga olingan.
Bu haqda AQSh Maxfiy xizmati matbuot kotibi Entoni Gulyelmi ma’lum qildi.
"Yuk mashinasi Lafayet-skverining shimoliy tomonidagi xavfsizlik to‘sig‘iga borib urilganidan so‘ng furgon haydovchisi qo‘lga olindi. Oq uy va AQSh maxfiy xizmati xodimlari orasida qurbonlar yo‘q", — dedi Gulyelmi .
Voqea holatlari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)