YouTube’ning sobiq bosh direktori vafot etdi
Amerikaning YouTube videoxostinggi sobiq bosh direktori Syuzan Voychicki 57 yoshida vafot etdi, bu haqda Google bosh direktori Sundar Pichai X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida ma’lum qildi.
«Aziz do‘stim Syuzan Voychickining ikki yillik saraton kasalligidan so‘ng yo‘qolganidan juda qayg‘udaman. U Google tarixining bir qismi bo‘lgan va usiz dunyoni tasavvur qilish qiyin», - deb yozadi Sundar Pichai hamdardlik izhor qilib.
Voychicki 1998 yilda o‘z garajini kompaniya asoschilariga ofis sifatida ijaraga berib, Google kompaniyasini yaratishda ishtirok etgan. 1999 yilda u Google kompaniyasining birinchi marketing menejeri bo‘ldi. U Googlening You Tubeni sotib olish tashabbuskori bo‘lgan. 2014-2023 yillarda u videoxosting bosh direktori lavozimida ishlagan.