Yorqin Odilov “Parij-2024” g‘olibi
Fransiya mamlakati mezbonlik qilayotgan Paralimpiya o‘yinlarining erkaklar o‘rtasida nayza uloqtirish (F57) bo‘yicha so‘nggi hal qiluvchi final bahsi bo‘lib o‘tdi.
Unda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Yorqinbek Odilov nayzani 50.32 metrga uloqtirdi va Paralimpiya o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tishimiz joizki, “Parij-2024” Paralimpiya o‘yinlarida hozircha O‘zbekiston delegasiyasi hisobida 5 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medal mavjud.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)