Yaqinda Qatardan qaytgan 50 kishi karantindan qochib ketdi

Yaqinda Qatardan qaytgan 50 kishi karantindan qochib ketdi

Yaqinda Qatardan qaytib kelgan 50 dan ortiq kishi Kiyevdagi "Kozaskiy" mehmonxonasida karantindan qochib ketishdi. Bu haqda "Ukraina 112" kanalining efirida Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Anton Gerashchenko ma’lum qildi.

Gerashchenkoning tushuntirishicha, ular karantindan qochib ketishgan, endi jarima to‘lashga majburlar.

Avvalroq Ukraina Ichki ishlar vaziri Arsen Avakov Ichki ishlar vazirligi chegara yopilgunga qadar uyiga qaytishga vaqtlari bo‘lmagan fuqarolarni chet eldan evakuasiya qilishga rozi emasligini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!